Anemoya effekti: Nega zamonaviy avlod nostalgiyaga qaytmoqda?

Share post:

Bugungi kunda 70-, 80-, 90- va 2000-yillarga tegishli qo‘shiqlar yana mashhurlikka chiqmoqda. Eng qizig‘i — bu qo‘shiqlarni tinglayotganlarning ko‘pchiligi o‘sha davrda hali tug‘ilmagan yangi avlod. Ular bu musiqalarni sevib, unga bog‘lanadi, hattoki nostalgiya his qilishadi. Bu fenomen “anemoya effekti” deb ataladi.

Anemoya nima?

“Anemoya” Jon Koenig tomonidan o’rganilgan bo’lib, u “tushunarsiz qayg‘ular lug‘ati” (“g‘alati g‘amlar lug’ati”) kitobida tushuntirilgan. Anemoya-bu inson o‘zi yashagan davrga nisbatan nostalgiya uning qilish holati. Bu, masalan, 80-yillarda chiqqan musiqani tinglab, o‘sha davr hayoti haqida tasavvur qilish, o‘sha ruhiyatga bog‘lanishdir. Garchi siz u yillarda yashamagan bo‘lsangiz ham, musiqani tinglash orqali o‘zingizni u yerda his qilasiz.

Nega aynan musiqa bilan bog‘liq?

Musiqa — bu vaqt mashinasi kabi. U bizni hissiy jihatdan boshqa davrga olib chiqadi. O‘tmishdagi qo‘shiqlar hissiyotga boy, lirikasi mazmunli, ranjirovkasi tabiiyroq va oddiyroq, ovozlardagi “real”likni saqlab qolgan. Bu jihatlar esa ko‘plab zamonaviy tinglovchilarni o‘ziga tortadi.

Yoshlarda anemoya effektini kuchaytiruvchi omillar

1. TikTok va ijtimoiy tarmoqlar

Bugungi trendlarni aynan TikTok va Instagram Reels belgilaydi. U yerda 30-40 yillik qo‘shiqlar fon musiqasi sifatida qo‘llaniladi va bu ularni yangi avlod orasida mashhur qiladi. Misol uchun Ohunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov, Ahror Usmonov, jahon estradasidan Keyt Bush “o‘sha tepalikka yugurmoqda”, Nirvana “Yoshlik ruhi kabi hidlaydi”, ABBA “Gimme! Gimme! Gimme!” kabilar.


2. Retro estetikasi va romantizatsiya qilingan o‘tmish

Zamonaviy hayot haddan tashqari texnologik va shovqinli bo‘lib ketgan. Ko‘pchilik “o‘tmishda hamma narsa oddiy va samimiy edi” degan tasavvur bilan yashaydi. Eski musiqalar esa shu tasavvurni “jonlantiradi”.

3. Qayta yangilangan musiqalar (remixlar)

Ko‘p eski hitlar bugungi DJ’lar yoki musiqachilar tomonidan zamonaviy ritmlar bilan qayta ishlanmoqda. Bu ularni bugungi musiqiy muhitga moslashtiradi.

“Anemoya” — bu zamonaviy insonlarning o‘tmish bilan ruhiy bog‘lanishiga ishora. Yoshlik yillari o‘tmagan, ammo qalbda biror narsa uyg‘otgan musiqalar orqali ular o‘zlarining ichki dunyosiga yo‘l topishadi.

Shu sabab, agar siz ham eski qo‘shiqlardan zavq olayotgan bo‘lsangiz, biling: siz yolg‘iz emassiz. Bu — vaqt va musiqani bog‘laydigan go‘zal hissiyot: anemoya.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...