Ana de Armas Tom Kruzning sevgilisi ekanligi aniq bo‘ldi

Share post:

 Ana de Armas Tom Kruzning sevgilisi ekanligi aniq bo‘ldi

So‘nggi haftalarda Tom Kruz va Ana de Armas o‘rtasidagi munosabatlar jiddiylashgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Hatto Tom Kruzning mashhur sobiq sevgililaridan biri bu kutilmagan ishqiy munosabatga rozilik bildirgan.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, Kruz bu yosh aktrisani 78-Kann kinofestivaliga olib boradi. Uning yangi filmi — “Imkonsiz missiya – Yakuniy hisob-kitob” 14-may kuni Grand Théâtre Lumière’da yulduzlar ishtirokidagi namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ana de Armas Tom Kruz bilan gilam ustida birga yuradimi yoki yo‘q hozircha aniq emas.

2001–2004 yillarda aktyor bilan munosabatda bo‘lgan ispan aktrisasi Penelope Kruz, Tom Kruzning yangi ishqiy munosabatda ekanligidan mamnun ekanligi aytilmoqda.

“Tom Anani ishonchli inson deb hisoblaydi bu uning uchun juda ham muhim va u oshiq bo‘lishni yaxshi ko‘radi” deydi Daily Mail nashri insayderi. Ana Tom bilan London kabi gavjum shaharlarga sayohat qiladi va u judayam o‘ylab ish qiladi. Shuningdek, Tomni hech qachon xavf ostiga qo‘ymaydi va unga to‘liq g‘amxo‘rlik qiladi. 

Uning do‘stlari ularning munosabati davom etishiga ishonishadi shuningdek, Armas ziyofatlarni yoqtirmaydi uni o‘rniga uydagi tinch oqshomlarni afzal ko‘radi.

Boshqa manbaning ta’kidlashicha, ular kundan-kunga yaqinlashib borishmoqda lekin Armas yuragini osonlikcha Tomga topshirmasligi aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...