Aktyor Burak O‘zchivit turk seriali “Usmon: Asos soluvchi”ni tark etdi

Share post:

Turk aktyori Burak O‘zchivit “Usmon: Asos soluvchi” serialining yettinchi — yakuniy mavsumida suratga tushmaydi. Bu haqida jurnalist Birsen Altuntash xabar berdi.

Serialning yangi mavsumi kuzda efirga uzatilishi kerak edi. Biroq Burak O‘zchivit bilan serial prodyuseri o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani aytilmoqda. Mojarodan so‘ng ular ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini kuzatishni to‘xtatgan va hamkorlikni bekor qilishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Usmon G‘ozi obrazini yaratgan aktyor har bir qism uchun 4 million turk lirasi maosh talab qilgan. Ammo serial ijodkorlari bu talabni rad etishgan va natijada aktyor loyihani tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Usmon: Asos soluvchi” seriali Usmoniylar imperiyasiga asos solgan Usmon I G‘ozi hayotini hikoya qiladi. Yettinchi mavsumda bosh rol kimga nasib etishi esa hozircha noma’lum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...