Turkiyalik aktyor O‘zan Guven sobiq sevgilisi Deniz Bulutsuzga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani bo‘yicha sudning yakuniy hukmi e’lon qilindi. Bir-necha yillik sud ishlaridan so‘ng, aktyor “qasddan tan jarohati yetkazish” aybi bilan 2 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, 2020-yil 13-iyun kuni Ozan Guvenning uyida janjal sodir bo‘lgan va Guven sobiq sevgilisini stol chirog‘i va qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu holatda stol chirog‘i qurol sifatida baholangan.

Sud O‘zan Guvenga qo‘yilgan “erkinlikdan mahrum qilish” va “haqorat qilish” ayblovlarini olib tashlagan. Sudda jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgan Deniz Bulutsuz esa unga qo‘yilgan “yengil tan jarohati yetkazish” moddasi bo‘yicha aybsiz deb topilgan.