Sidney Svini “Eyforiya” serialining 3-mavsumida Kessining yanayam telbaroq bo‘lishini aytdi

Share post:

Sidney Svini bu hafta katta shov-shuvlar bilan qarshi olingan “Eyforiya” serialining 3-mavsumi va so‘nggi mavzusi haqida gapirdi.

Empire’ jurnaliga bergan intervyusida, u Kessi obraziga bo‘lgan fikrini bidirdi – “Kessi yuragimda alohida o‘rin egallaydi, uni o‘zimga juda yaqin ko‘raman,” dedi.

“U biroz telba qiz, ko‘plab xatolar qiladi, ko‘p kamchiliklari bor, lekin barchasini sevganidan qiladi. Bu sevgi ba’zan qayg‘uli ham bo‘lishi mumkin. Bunday o‘ta murakkab va telba obrazni ijro etish juda maroqli” deydi.

Sidney shuningdek, keyingi mavsumda Kessi yanada “telbaroq” bo‘lishini aytdi.

U serialning yaratuvchisi va rejissyori Sem Levinson bilan ishlash jarayonini shunday tasvirladi: “Sem bilan ishlash juda maroqli, men matnni o‘qib chiqib, unga qo‘ng‘iroq qildim va “qahramonni yanada telbaroq qilsak bo‘lmaydimi?” deb so‘radim, u esa “albatta, menga ham bu ma’qul” deb javob berdi. “Demak men bu mavsumda erkin rol ijro etaman” deydi Svini. 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...

Ay Yola guruhi “Gremmi”ning ilk saralash bosqichidan joy oldi

Boshqirdistonning Ay Yola musiqiy guruhi “Gremmi” mukofotiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichiga kiritildi. Guruhning “Ural Batyr” albomi va “Aihylyu”...

Rossiyalik reper Navai Qozog’istonda ikki oyga hibsga olindi

Rossiyalik reper Navai taxallusi bilan tanilgan Navai Bakirov Qozog‘istonda ikki oy muddatga hibsga olindi. Bu haqda Jambil viloyati...