O‘monda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi

Share post:

12–13-noyabr kunlari O‘mon Sultonligining Maskat shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi. Ikki kunlik tadbirlar davomida o‘zbek milliy san’ati, musiqa va raqs an’analari, shuningdek, xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi.

12-noyabr kuni Maskatdagi Al Mouj majmuasida O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi va gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya, O‘monning madaniyat, sport va yoshlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol bin Hamad Al Busaidiy, diplomatik korpus vakillari hamda ikki mamlakat san’at namoyandalari ishtirok etdi.

Konsert dasturida o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar, maqom va folklor ijrochilari, sozandalar hamda raqqosalar sahnaga chiqdi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosi O‘mon tomoshabinlariga tanishtirildi.

Tadbirlar doirasida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘zbek xalq amaliy san’ati, an’anaviy hunarmandchilik maktablari va milliy bezak san’ati namunalari namoyish qilindi.

O‘zbekiston va O‘mon madaniy hamkorlikni kengaytirmoqchi

Tashrif davomida Ozodbek Nazarbekov O‘mon madaniyat, sport va yoshlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat madaniyat vazirliklari o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 2027-yilda O‘zbekistonda O‘mon madaniyati kunlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va Maskat Qirollik opera uyi o‘rtasida gastrol almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikki davlat simfonik orkestrlari ishtirokida qo‘shma konsertlar o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda maqom va raqs san’ati yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi tizeri e’lon qilindi

Netflix platformasi mashhur “Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi uchun ilk tizer taqdim etdi. Serialning yangi va final mavsumi...

Kanye Uest AQSH rep tarixiga kirdi

Amerikalik reper Kanye Uest AQSHda eng ko‘p tomoshabin qatnashgan rep-konsert bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Uning Texas shtatidagi AT&T...

Uzbekistan Fashion Week VI: MODADAN KENGROQ MADANIY MULOQOT

Poytaxtda 5–8-noyabr kunlari Uzbekistan Fashion Week’ning VI mavsumi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi moda haftaligi an’anaviy formatdan kengroq yondashuvni...

Matyoqub Matchanov “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan VI “Qo‘rqut Ota” Turk dunyosi kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi deb...