“Muzyurak 4” multfilmining premyerasi kechiktirildi

Share post:

Disney Animation rahbari Jared Bush Collider nashriga bergan intervyusida “Muzyurak 4” multfilmi rejalashtirilganidan kechroq namoyish etilishini ma’lum qildi.

Dastlab “Muzyurak 3” va “Muzyurak 4” qismlarini ketma-ket yillarda chiqarish rejalashtirilgan edi. Biroq ijodkorlar uchinchi qismni imkon qadar mukammal yaratish va tomoshabinlarga to‘laqonli hikoya taqdim etish maqsadida rejani o‘zgartirgan.

Ma’lumot uchun, “Muzyurak” — 2013-yilda Disney tomonidan yaratilgan musiqiy-fentezi janridagi 3D animatsion film. Multfilm daniyalik yozuvchi Hans Kristian Andersenning “Qor malikasi” ertagi asosida ishlangan bo‘lib, Disney studiyasining 53-to‘liq metrajli animatsion filmi hisoblanadi.

“Muzyurak 3” premyerasi 2027-yil 24-noyabrga rejalashtirilgan. To‘rtinchi qismning chiqish sanasi esa hozircha noma’lum.

Siz “Muzyurak”ning yangi qismlarini kutyapsizmi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bred Pitt va Anjelina Jolining qizi otasining familiyasidan voz kechdi

Bred Pitt va Anjelina Jolining 18 yoshli qizi Vivyen otasining familiyasini rasman olib tashladi. 2-noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan...

Ssenariydan mantiq topolmagani uchun Tom Kruz “Edvard Qaychiqo‘l” obrazidan voz kechgan

Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruz rejissyor Tim Byortonning “Edvard Qaychiqo‘l” (Edward Scissorhands) filmida bosh rolni ijro etishi mumkin...

Shakiraning Giza piramidalari yonidagi konserti nega kechiktirildi?

Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira Misrning Giza piramidalari yonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini 2027-yilga qoldirdi. Dastlab 2026-yil 28-noyabrga belgilangan konsert endilikda...

Xonanda Umidaxon og‘ir judolikka uchradi

“Kel yarashaylik” va “Mambo” qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Umidaxon Hojiyevaning otasi, uzoq yillar san’at sohasida faoliyat yuritgan Hotam...