“Kel yarashaylik” va “Mambo” qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Umidaxon Hojiyevaning otasi, uzoq yillar san’at sohasida faoliyat yuritgan Hotam Hojiyev vafot etdi.
Hotam Hojiyev 40 yil davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda “O‘zbekiston” ashula va raqs ansamblida faoliyat yuritgan va milliy musiqa san’ati va ijrochilik an’analarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.
Umidaxon avvalgi intervyularidan birida san’atkorlar oilasida voyaga yetganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi taniqli san’atkor Faxriddin Umarovning sevimli shogirdlaridan biri bo‘lgan. Onasi esa radio va televideniye sohasida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Umidaxon Hojiyeva 2018-yil 15-may kuni shou-biznes sohasida faoliyat yuritgan ma’mur va prodyuser Jamshid Bobojonov bilan turmush qurgan. 2019-yilda esa xonanda o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

