Kanye Uestning Rossiyadagi konsertlari bekor qilindi

Share post:

Kanye Uestning Sankt-Peterburgdagi 10 va 11-oktabrga rejalashtirilgan konsertlari bekor qilindi. Bu haqda Fontanka nashri xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert barcha zarur idoralar bilan kelishilmagan. Gazprom Arena stadioni konsert bo‘yicha hech qanday shartnoma imzolanmaganini rasman ma’lum qildi. Qizig‘i, Rossiyada Kanye Uestning oktyabrdagi chiqishlari uchun 100 mingdan ortiq chipta sotilgani avvalroq xabar qilingandi. Manbalardan biriga ko‘ra, reperning Rossiyaga kelishi uchun 1,5 milliard rubldan ortiq gonorar to‘lanishi kerak bo‘lgan.

Kanye Uestning “Ye Live Concert Tour 2026” jahon gastrol safari aprel oyida boshlangan. Reper AQSH, Niderlandiya, Turkiya, Gruziya, Qozog‘iston, Albaniya, Ispaniya va Portugaliyada sahnaga chiqqan.

Ayni paytda, uning Rossiyadagi konsertlari nima sababdan rasman bekor qilingani borasida qo‘shimcha izoh berilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...

Ay Yola guruhi “Gremmi”ning ilk saralash bosqichidan joy oldi

Boshqirdistonning Ay Yola musiqiy guruhi “Gremmi” mukofotiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichiga kiritildi. Guruhning “Ural Batyr” albomi va “Aihylyu”...

Rossiyalik reper Navai Qozog’istonda ikki oyga hibsga olindi

Rossiyalik reper Navai taxallusi bilan tanilgan Navai Bakirov Qozog‘istonda ikki oy muddatga hibsga olindi. Bu haqda Jambil viloyati...