8 yillik munosabat yakuniga yetdi: Dakota va Krisning ajrashishiga nima sabab bo‘ldi?

Share post:

Dakota Jonson Kris Martin 8 yillik munosabatlariga yakun yasadi. Aktrisa og‘ir hissiyotlarni boshdan kechirmoqda.

Aktrisa Dakota Jonson va “Coldplay” guruhi yetakchisi Kris Martin 8yil birga yashashganidan so‘ng munosabatlarini yakunlashdi. 35 yoshli Dakota va 48 yoshli Kris ilk bor 2017-yilda birga ko‘rinish bergan va oradan biroz vaqt o‘tib unashtirilganliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ammo chorshanba kuni ularning ajrashgani rasman ma’lum bo‘ldi.

Ichki manbalarga ko‘ra, ajralishlarning asosiy sababi — ikkalasining ham faol kasbiy hayoti ularni turli yo‘llarga boshlagani bo‘lgan.

“Dakota munosabatlarini saqlab qolishni juda xohlagan. U nafaqat Krishni balki uning ikki farzandini ham juda yaxshi ko‘radi. Bu yo‘qotish unga og‘ir botdi. Ajralish tinchlik bilan kechgan bo‘lsa ham Dakota uchun bu jarayon oson emas,” — deyiladi manbada.

So‘nggi bir yil ichida ularning munosabatlarida o‘sish bo‘lmagani, bir joyda to‘xtab qolgani sezilgan.

Shuningdek, ular birgalikda farzand ko‘rish masalasida aniq qarorga ega emas edi. Ammo asosiy muammo — Kris Martinning doimiy gastrol safarlari bo‘ldi. U 3 yildan beri jahon bo‘ylab konsert turlari bilan band bo‘lib, tig‘iz jadvalga ega edi.

Manbadagiso‘zlariga ko‘ra:

“Kris sokinlikni, bir joyda qolishni xohlamaydi — bu esa, oxir-oqibat, ularning munosabatini barbod qilgan omillardan biri bo‘ldi.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...