Uimbldon musobaqasining chorak final bosqichining hayajoni Xyu Grant uchun haddan tashqari oshib ketdi chunki u “Qirollik tribunasida” kamera oldida uxlab qolgandek ko‘rindi

64 yoshli aktyor “Angliya Uimbldon tennis klubi”da navbatdagi tennisnii tomosha qilish uchun boshqa ko‘plab yulduzlar qatorida ishtirok etdi va chorshanba kuni Markaziy Kortda Qirolicha Kamilla bilan samimiy suhbatlashgan.
BBC efirga uzatgan kadrlarda Xyu Qirolicha Kamilla bilan suhbatlashganidan atigi bir necha daqiqa o‘tib uxlab qolgani aks etgan. U o‘yinga rafiqasi Anna bilan birga kelgan edi.
Muxlislar bu holatni kanalning Uimbldon bo‘yicha reportaji davomida payqab, ijtimoiy tarmoqlarda hazilomuz izohlar bilan bo‘lishishdi. X platformasida bu lahza quyidagicha izohlangan: “Xyu Grant uchun biroz ortiqcha bo‘lib ketdi shekilli.”
X’dagi postlardan ba’zilari:
“Kimdir Xyu Grantni uyg‘otsin, odam qattiq uxlab qolibdi.”
“Xyu Grant tennisda uxlabdi, lol”
“Xyu Grant Uimbldonda uxlab qolgandek ko‘rinadi?”