XXI asrda “Oskar” olgan aktrisalar reytingi e’lon qilindi

Share post:

Nufuzli Rolling Stone jurnali XXI asrda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisalar reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatni tuzishda ularning kino san’atiga qo‘shgan umumiy hissasi emas, balki aynan mukofot olib bergan filmdagi ijro mahorati asosiy mezon sifatida baholangan.

Reytingda birinchi o‘rinni “Hamon o‘sha Elis” (Still Alice) filmidagi roli uchun “Oskar” olgan Julianna Mur egalladi. U kartinada Altsgeymer kasalligining erta bosqichi tashxisi qo‘yilgan lingvistika professori obrazini gavdalantirgan. Nashr ta’kidlashicha, aktrisaning kuchli va ichki kechinmalarga boy ijrosi qahramonning qo‘rquvi, iztirobi hamda taqdirga tan berishini nihoyatda ta’sirchan tarzda aks ettirgan.

Ikkinchi o‘rin “Qirolicha” (The Queen) filmida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II rolini ijro etgani uchun taqdirlangan Helen Mirrenga nasib etdi. Uning ijrosi vazminlik, ichki kuch va tabiiy sovuqqonlik bilan ajralib turishi qayd etilgan.

Uchinchi pog‘onadan esa “Ko‘manchilar yurti” (Nomadland) filmidagi obrazi bilan e’tirof etilgan Frensis Makdormand joy oldi. Uning samimiy va hayotiy ijrosi qahramon xarakterini chuqur ochib bergani alohida ta’kidlangan.

Kuchli o‘nlikdan joy olgan boshqa aktrisalar:

  • Emma Stoun — “Baxtsiz-baxtlilar” (Poor Things)
  • Juliya Roberts — “Erin Brokovich”
  • Mayki Medison — “Anora”
  • Mishel Yeo — “Hamma narsa har yerda va bir vaqtda”
  • Keyt Blanshett — “Jasmin”
  • Natali Portman — “Qora oqqush”
  • Holli Berri — “Monstrlar bali”

Reytingning 25-pog‘onasini “Temir xonim” (The Iron Lady) filmida Margaret Tetcher obrazini yaratgan Meril Strip egalladi. Nashr fikriga ko‘ra, uch karra “Oskar” sohibasi bo‘lgan aktrisa o‘z avlodining eng buyuk ijodkorlaridan biri bo‘lishiga qaramay, mazkur filmda uning talqini biroz karikaturaviy ruhda chiqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Qozog‘istonda xorijlik san’atkorlarga yangi talablar qo‘yilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xorijlik san’atkorlarning chiqishlarini nazorat qiluvchi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, bundan buyon xorijlik san’atkorlar va tadbir...

Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida yulduzini oldi

18-fevral kuni taniqli aktrisa Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida o‘z nomiga bag‘ishlangan yulduzni qabul qildi. Shu tariqa u...

Mayki Medison yangi dahshatli filmda egizak opa-singillar rolini ijro etadi

“Qizil o‘lim niqobi” nomli qo‘rqinchli filmni suratga olish ishlari boshlandi. Film rejissyori — avval “Vabo” filmi bilan tanilgan...

Deniyel Redkliff yangi Garri Potterni u bilan solishtirmaslikni so‘radi

“Dominik mendan ham yaxshiroq uddalaydi” Aktyor jurnalistlar va muxlislarni HBO serialidagi yangi Garri Potter rolini ijro etuvchi yosh aktyorga...