Vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi

Share post:

Internetda Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq kuylab, unga qistirilgan pullarni olayotgani aks etgan video tarqaldi. Madaniyat vazirligining Kun.uz’ga bildirishicha, to‘ylardagi qistir-qistir “asrlar davomida shakllangan milliy urf-odat” va “orzu-havas” hisoblanadi. Vazirlikka ko‘ra, agar xonanda uzatilgan pullarni olishdan bosh tortganida, bu kamsitish yoki mensimaslik sifatida talqin qilinishi mumkin edi.

Tarqalgan videodagi holat 2025-yil 25-oktyabr kuni, vazirlik xodimining nikoh to‘yida bo‘lgan.

Videoda vazir Ozodbek Nazarbekovga muxlislar tomonidan pul uzatilgani aks etgan. Shu bilan birga, vazir ushbu holatni oldindan rejalashtirmagani, yuzaga kelgan vaziyatda fuqarolarning xohish-irodasini rad etish ularni omma oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi, kamsitish yoki mensimaslik sifatida noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkinligi inobatga olingan holda, holatga ijobiy munosabat bildirilganini kuzatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, to‘y marosimlarida xonandalarga pul uzatish yoki uzatmaslik amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan bo‘lib, bu holat xalqimiz orasida asrlar davomida shakllangan milliy urf-odat va qadriyatlarning bir qismi hisoblanadi. O‘zbekona an’analarda bunday jarayonlar “orzu-havas” sifatida e’tirof etilib kelinadi”, deyiladi vazirlik izohida.

Qayd etilishicha, Ozodbek Nazarbekov – nafaqat madaniyat vaziri, balki taniqli o‘zbek xonandasi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq artisti, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hisoblanadi. Uning kasbiy faoliyati bevosita milliy qo‘shiqchilik san’ati bilan bog‘liqligi sababli, to‘y marosimida kuzatilgan holat vazirning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyat sifatida baholanishi lozim, deydi vazirlik rasmiysi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, har bir inson egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, o‘z tanlagan kasbidan ayro bo‘la olmaydi. Mazkur holat ham aynan shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan”, deyiladi izohda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Rasmdagi DNK izi Da Vinchiga tegishli bo‘lishi mumkin(mi?)

Olimlar Leonardo da Vinchiga tegishli bo‘lishi ehtimol qilingan rasmda genetik iz (DNK izi)ni aniqladi.Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Leonardo da...

Dunyodagi eng qo‘rqinchli filmlar

1. Boshqalar (The Others, 2001) — XXI asrning eng yaxshi dahshat filmiKinoPoisk: 7,9 / 10IMDb: 7,6 / 10Ro‘yxatimizni...

Nikol Kidman Kit Urban bilan ajrashdi

Aktrisa Nikol Kidman musiqachi Kit Urban bilan rasman ajrashdi, deb xabar bermoqda Daily Mail. O‘rtadagi mulk 282 million...

Bruno Mars tez orada yangi albomini chiqaradi

Amerikalik pop xonanda Bruno Mars uzoq kutilgan yangi albomi tez orada chiqishini ma’lum qildi. San’atkor bu haqda o‘z blogida...