G‘ilmindi

Ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek taomi – g‘ilmindi retseptini taqdim etamiz. O‘zbek milliy taomlari orasida unutilayozgan ushbu mazali taomning retseptini saqlab qo‘yishni unutmang 🥞
🥛Masalliqlar:
500 gr un
200 ml suv
100 ml sut
100 gr shakar (ta’bga ko‘ra)
150 gr saryog‘
🧈Yupqani tayyorlash:
Idishga suv va tuz solinib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 daqiqaga olib qo‘yiladi.
Xamir mayda bo‘laklarga bo‘linib, yupqa qilib yoyib, ozgina yog‘da tovada bittalab pishirib olinadi.
🍵Atalani tayyorlash:
Suvga un solib quyuq holatiga keltiramiz, qozonga sut solib aralashmani quyamiz va tinmay aralashtirilib turiladi. Qaynab chiqqandan keyin shakar solinib, yana 5 daqiqa qaynatiladi.
Eslatma: Atalaga shakar qo‘shmasangiz ham bo‘ladi.
Yupqalarning yarmiga atala solib, yarmi yopiladi.
Tovaga sariyog‘ solib erigandan so‘ng ichiga atala solingan yupqalarni yog‘ga botirib olamiz. Atala solingan yupqani yog‘ga solmasdan ham yeyish mumkin.
Issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin😍
Sariyog‘li non

🥯 Yana bir unutilayozgan “Sariyog‘li non” retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bolaligingizda sizga ham xuddi shunday sariyog‘li non tayyorlab berishganmi?
🧈Masalliqlar:
🥯Issiq non;
🧈Sariyog‘;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Issiq nonning o‘rtasiga sariyog‘ solamiz.
Sariyog‘ nonning ichiga borishi uchun qoshiq yordamida bosib chiqamiz.
Keyin nonni mayda bo‘laklarga bo‘lib, sariyog‘ solib aralashtiramiz.
Issiq non bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Qaylali unosh

O‘zbek oshxonasining yana bir mashhur taomlaridan biri bo‘lgan “Qaylali unosh” retseptini taqdim etadi. Albatta tayyorlab ko‘ring.
🫑Masalliqlar:
🥡Un 500 gr
Suv 300 gr;
🧈Sariyog‘ 200 gr
🥩Qiyma 500 gr
🍚Suzma 400 gr
🧅Piyoz 2 dona
🫑Bulg‘or qalampiri 2 dona
🧄Sarimsoq 2 bo‘lak
🧂Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni qattiqroq xamir qilishdan boshlaymiz.
Piyoz, saqrimsoq va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rab olamiz.
Qiymaga tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtirib, dumaloq shaklga keltirib, unga botirib olamiz.
Endi qozonga sariyog‘ solib, avval qiymalarni qovurib ob qo‘yamiz.
So‘ngra piyoz va bulg‘or qalampirini qovuramiz.
Keyin qovurib olgan qiymalarni solib, ustidan botguncha suv solamiz.
Xamirni yoyib videoda ko‘rsatilganidek kesib olib, qaynagan suvda pishirib olamiz.
Pishgach sovutib suzma aralashtiramiz.
Kosaga avval xamirli taomimizni so‘ngra qiymali qaylamizni solamiz.
Jug‘ori kurtik

Kerakli masalliqlar:
Makkajo‘xori uni – 2 stakan
Qaynoq suv – 1.5–2 stakan
Tuz – 1 choy qoshiq
Sariyog‘ – 50–70 gr
Qatiq yoki sariyog‘ – xizmat uchun
Tayyorlanishi:
Qozonga suv solib, qaynating.
Suv qaynab chiqqach, tuz soling va aralashtirib turgan holda makkajo‘xori unini asta-sekin soling.
Xamir qovushqoq holga kelguncha yaxshilab kavlab pishiring.
Qozon tagiga yopishmasligi uchun tinimsiz aralashtirish kerak.
Xamir quyuq va bir xil bo‘lsa, ustidan sariyog‘ solib, yana 5-7 daqiqa dimlab qo‘ying.
Tayyor kurtikni kosa yoki likopchaga solib, ustidan qatiq, sariyog‘ yoki qaymoq bilan torting.
Hammaga yoqimli ishtaha 😋