Travis Skott nega farzandlariga sun’iy intellektdan foydalanishni taqiqlaganini tushuntirdi

Share post:

Kayli Jenner va Travis Skott ayrilgan bo‘lsada, Travis farzandlari — yetti yoshli Stormi va uch yoshli Eyrning hayotiy tarbiyasida hanuz faol ishtirok etib kelmoqda.

Yaqinda Rolling Stone nashriga bergan intervyusida san’atkor zamonaviy texnologiyalar haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi va farzandlariga sun’iy intellektdan foydalanishni to‘liq cheklaganini tan oldi.

Musiqachining fikricha, neyron tarmoqlardan erta foydalanish bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Sun’iy intellekt hozirning o‘zida ularning miya rivojlanish qobiliyatini siqib qo‘ymoqda. Shuning uchun bolalar avval jismoniy va real o‘rganish usullarini egallashlari kerak. Shundagina ular sun’iy intellektdan imkoniyatlari doirasida to‘g‘ri foydalana oladilar. Axir agar hamma ishni sun’iy intellekt bajarib bersa, nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini qanday bilib olasiz?” — dedi reper.

Eslatib o‘tamiz, Kayli Jenner va Travis Skott 2017-yilda munosabat boshlagan. Bir yil o‘tib, ularning Stormi ismli qizi dunyoga kelgan. 2019-yil oktabrida juftlik munosabatlariga “tanaffus” e’lon qilgan, 2021-yil iyunida esa yana yarashgan. 2022-yil fevral oyida ularning o‘g‘li Eyr tug‘ilgan. Shundan so‘ng, juftlik yana ajrashgani haqida bir necha bor mish-mishlar tarqalgan va bu holat keyinchalik tasdiqlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...