Trampning Manxettendagi qizil haykali

Share post:

Manxettenning gavjum chorrahasida AQSh prezidenti Donald Trampning kanalizatsiya lyukidan chiqib kelayotgandek tasvirlangan yorqin qizil haykali paydo bo‘ldi. Lyuk qopqog‘i yonida kichkina qizg‘ish kalamushni ham ko‘rish mumkin.

“Donald” deb nomlangan haykal fransuz ko‘cha ijodkori Jeyms Kalomina tomonidan yaratilgan. U Instagaram sahifasida aynan shu haykal rasmi ostiga:

“Qo‘rquv, bo‘linish va axloqiy buzuqlik hokimiyat quroli sifatida ishlatilgan davrning timsoliga aylangan siyosiy arbob tasviri.” – deya izoh qoldirgan.

Mahalliy aholi va sayyohlar diqqatini tortayotgan haykal ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir uni “siyosiy istehzo” sifatida qabul qilsa, boshqalar “zamonaviy san’atning jasur ifodasi” deb baholamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...