Gollivudning jasur yulduzi Tom Kruz (63 yosh) va kubalik go‘zal aktrisa Ana de Armas (37 yosh) o‘rtasidagi 26 yosh farq bo‘lishiga qaramay, turmush qurishni rejalashtirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, juftlik bo‘lajak to‘ylarini oddiy marosim emas, balki tarixiy sarguzasht sifatida o‘tkazmoqchi. Ular suvosti marosimi, parashyutda sakrash yoki hatto koinotda turmush qurish kabi g‘oyalarni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumki, Tom Kruz hayotda ham, kinematografiyada ham xavf va adrenalin bilan yashaydi — “Missiya:Imkonsiz” filmlaridagi kaskadyorlik sahnalarini ham u o‘zi bajaradi. Shuning uchun muxlislar bu safar ham aktyorning haqiqatan ham koinotda to‘y qilishi mumkinligiga ishonmoqda.
Ana de Armas ham intervyularida “hayotda ham his-tuyg‘ularni ekstremal darajada his qilish yoqadi” degan edi.
Ularning rejalashtirayotgan bu “koinot to‘yi” agar amalga oshsa, tarixdagi birinchi kosmik nikoh marosimi bo‘lishi mumkin.