Timoti Shalame opera va balet raqqoslarini haqorat qilgani uchun tanqid qilindi

Share post:

“Vonka” va “Dyuna” filmlari bilan tanilgan aktyor Timoti Shalame Variety nashriga bergan intervyusida balet va opera haqida aytgan so‘zlari sabab tanqidga uchradi.

Aktyor suhbatda “Interstellar” yulduzi Metyu Makkonahi bilan birga qatnashgan. Ular kinoteatrlar kelajagi va zamonaviy tomoshabinlar katta ekranlarda nimani ko‘rishni istashi haqida fikr almashgan.

Shalame bir tomondan odamlar kinoteatrlarga borishda davom etishini va kinoni katta ekranda tomosha qilish madaniyati saqlanib qolishini xohlashini aytgan. Ammo boshqa tomondan u “balet yoki opera kabi, yashab qolishi uchun alohida saqlab turilishi kerak bo‘lgan san’at bilan shug‘ullanishni istamasligini” bildirgan.

“Hech kimga bu endi qiziq emas, buni eshitadigan barcha opera va balet vakillariga hurmatim bilan aytaman”, — degan Shalame. U hazil tariqasida bu gaplari unga “14 sentlik ko‘rishlar” olib kelishini ham qo‘shimcha qilgan.

Aktyor tomoshabinlar tobora sabrsiz va tez zerikadigan bo‘lib borayotganini aytib, shu sababli kino ijodkorlari filmlarning boshida katta aksion sahnalar qo‘shib, tomoshabin e’tiborini saqlab qolishga harakat qilayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, ayrim filmlar tomoshabinlarga moslashmasdan ham ularni jalb qila olishini aytgan.

Misol sifatida u “Frankenshtein” filmini keltirdi. Aktyorning aytishicha, unda voqealar juda tez rivojlanmaydi, shunga qaramay film so‘nggi yil kinoprokatining eng katta muvaffaqiyatlaridan biriga aylangan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa Shalame fikriga qo‘shilmadi. Ular “Timoti Shalame haqida hech kim eslamay qolganida ham Motsart va Chaykovskiy musiqasi hali ham sehr yaratishda davom etadi”, deb yozishdi.

Professional baletchilar va opera xonandalari ham aktyorning so‘zlaridan norozi bo‘lishdi. Ular bu fikrlarni “hurmatsizlik” deb atab, aktyorni “yetarlicha bilimga ega emas” deb tanqid qilishdi. Ba’zi foydalanuvchilar esa Metyu Makkonahi Shalameni noqulay vaziyatdan qutqarishga harakat qilganini, ammo oxir-oqibat bunga erisha olmaganini yozishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirs mast holda mashina haydaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Amerikalik xonanda Britni Spir mast holda avtomobil boshqarganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda TMZ huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib xabar...

Muqaddas Xoliqova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Bayram munosabati bilan 72 nafar faol...

Selena Gomez Teylor Svift u haqida qo‘shiq kuylaganini tasdiqladi

Selena Gomez amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Teylor Svift u haqda qo‘shiq yozganini aytdi. “Dorothea” treki aynan unga bag‘ishlangani...

Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyor bo‘lishini istamaydi

“Garri Potter” filmidagi bosh roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyorlik kasbini tanlashini istamasligini aytdi. Bu...