Salmon Xon: shaxsiy huquqlari bo‘yicha sud ishi markazida

Share post:

Mashhur hind aktyori Salmon Xon yana bir bor ommaviy e’tiborni tortdi — bu safar u shaxsiy huquqlari va raqamli maydondagi o‘z obrazidan foydalanish masalalari bilan bog‘liq yirik sud ishida ishtirok etmoqda.

2026 yil boshida Deli oliy sudi aktyorga rasmiy bildirishnoma yubordi. Sud ishining asosi —Salmon Xon ismi, tashqi ko‘rinishi va ovozidan ruxsatsiz foydalanish holatlari. Ishni sun’iy intellekt bilan ishlovchi kompaniya boshlagan bo‘lib, ular ilgari qabul qilingan cheklovlarga qarshi shikoyat qilmoqda.

Oldinroq sud vaqtinchalik qaror chiqargan edi: boshqa shaxslar Salmon Xon obrazini tijorat maqsadida ishlata olmaydi, shu jumladan raqamli nusxalar, ovozli modellar va reklama kontenti. Biroq AI-kompaniyasi bunday cheklovlar texnologiya rivojiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Hozir sud aktyordan va uning huquqiy jamoasidan rassmiy javob talab qilmoqda. Navbatdagi tinglov 2026 yil fevral oyining oxiriga belgilangan.

Mutaxassislar fikricha, bu ish faqat Hind kino sanoati uchun emas, balki butun dunyo kinoinudstriyasi uchun ham presedent bo‘lishi mumkin, chunki mashhur shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalasi AI texnologiyalari davrida tobora dolzarb bo‘lmoqda.

Salmon Xon muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda faol uni qo‘llab-quvvatlamoqda, uning o‘z obrazini va ovozini nazorat qilish huquqini himoya qilmoqda. Ko‘plab soha vakillari ham shuni ta’kidlashicha, mashhurlar raqamli manipulyatsiya va ruxsatsiz kontentdan himoyalanish uchun qonuniy vositalarga ega bo‘lishi lozim.

O‘z navbatida, Salmon Xon ommaviy bayonotlardan saqlanmoqda, ammo unga yaqin manbalar ta’kidlaydiki, aktyor o‘z huquqlarining to‘liq hurmat qilinishini ta’minlashni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Salmon Xon Hindiston kino sanoatining asosiy yulduzlaridan biri bo‘lib, uning ismi bilan bog‘liq har qanday voqealar keng jamoatchilik diqqatini tortadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...