Qozog‘istonda xorijlik san’atkorlarga yangi talablar qo‘yilmoqda

Share post:

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xorijlik san’atkorlarning chiqishlarini nazorat qiluvchi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, bundan buyon xorijlik san’atkorlar va tadbir tashkilotchilari konsert mazmunini tadbirdan kamida 30 ish kuni oldin Qozog‘istondagi tegishli davlat organlari bilan kelishib olishlari shart.

Agar konsert dasturidan o‘rin olgan chiqishlar mazmuni milliy tuzumga tahdid solsa, pornografiya yoki giyohvand moddalarni targ‘ib qilsa, tadbir taqiqlanishi yoki to‘xtatilishi mumkin.

Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetovning ta’kidlashicha, bu chora mamlakat milliy xavfsizligi va ma’naviyatini himoya qilishga qaratilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida yulduzini oldi

18-fevral kuni taniqli aktrisa Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida o‘z nomiga bag‘ishlangan yulduzni qabul qildi. Shu tariqa u...

Mayki Medison yangi dahshatli filmda egizak opa-singillar rolini ijro etadi

“Qizil o‘lim niqobi” nomli qo‘rqinchli filmni suratga olish ishlari boshlandi. Film rejissyori — avval “Vabo” filmi bilan tanilgan...

Deniyel Redkliff yangi Garri Potterni u bilan solishtirmaslikni so‘radi

“Dominik mendan ham yaxshiroq uddalaydi” Aktyor jurnalistlar va muxlislarni HBO serialidagi yangi Garri Potter rolini ijro etuvchi yosh aktyorga...

Afg‘onistonda Alisher Navoiy xotirasiga 16 metrlik yodgorlik quriladi

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan chorraha ochildi hamda...