Pi Diddi jazo muddatidan oldin ozod qilinadi

Share post:

Hozirda aktyor Pi Diddi “Fort-Dix” jazoni o‘tash markazida saqlanmoqda.

Amerikalik reper va musiqiy magnat Shon Kombs jazo muddatini qisqartirish borasidagi kurashi samara berdi. U to‘rt yillik hukmni qayta ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘ldi va endi jazoni muddatidan oldinroq tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, Pi Diddi 2024-yil 16-sentabrdan hibsda edi, shundan so‘ng olti kishi unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik da’volarini ochgan edi. Kombsga odam savdosi, qo‘rqitish, zo‘rlash, tajovuz, shantaj va noqonuniy mehnatga majburlash bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. 2025-yil 2-iyulda sud besh banddan ikki band bo‘yicha ayblov hukmini chiqardi.

Federal prokuratura hip-hop ijrochisini 11 yil qamoqqa hukm qilishni talab qilgan, advokatlari esa muddatni 14 oyga qisqartirishni so‘ragan. Ammo 2025-yil 3-oktabrda sud Kombsni 50 oy (taxminan 4 yil va 2 oy) qamoq jazosiga hukm qildi.

Hozir u “Fort-Dix Correctional Facility” markazida saqlanmoqda. Page Six nashriga ko‘ra, 56 yoshli reperga jazoni yarim oy erta tark etish ruxsati berilgan — 2028-yil 25-aprel kuni u ozodlikka chiqadi (avvalgi sanasi 2028-yil 4-iyun bo‘lgan).

Muddat qisqarishi Kombsning o‘tgan yil oxiridan beri davom etayotgan giyohvand moddalarni suiiste’moldan reabilitatsiya dasturi bilan bog‘liq. Repning vakili ilgari xabar berganidek, u dasturda faol ishtirok etadi va mas’uliyat bilan yondashadi. “U ishga to‘liq berilgan, o‘sishga intiladi va ijobiy o‘zgarishlarga ochiq,” — deydi ishonchli manba.

Qiziq tomoni shundaki, bu Pi Diddining qamoqdan chiqish sanasidagi birinchi o‘zgarish emas. 2025-yil oktabrda sanasi “2028-yil 8-may” deb ko‘rsatilgan, noyabrda esa “2028-yil 4-iyun”ga o‘zgartirilgan, chunki ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Pi Diddi qamoqxona qoidalarini bir necha marta buzgan, xususan uyda tayyorlangan alkogol ichimliklarni ichgan. Shunda reper vakili yana axborotni inkor qilishi kerak bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng eng yaxshi roli uchun mukofotlandi

Yakshanba kuni AQSh Rejissyorlar Gildiyasi mukofotlari topshirish marosimida marhuma aktrisa Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng e’tirof etildi. U “Komediyaviy...

Jim Kerri haqidagi mish-mishlar va bunga uning vakilining izohi

Jim Kerrining “Sezar” mukofotida paydo bo‘lishi turli konspirologik taxminlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi muxlislar ularning sevimli aktyori almashtirilgan deb...

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...