Poytaxtimizda 9-10-mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Madaniyat kunlari davomida “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Madaniyatlar muloqoti: O‘zbekiston va Gruziya – asrlar merosi va zamon nafasi” gala-konsert tashkil etiladi.
Unda, O‘zbekistonning “Tumor” raqs ansambli hamda Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansamblining o‘zaro qo‘shma konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kino saroyida gruzin badiiy filmlar namoyish etiladi.

