O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, boshlovchi va rejissyor Mirabbos Mirzaahmedov 1941-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini 1965-yilda boshlagan.

U “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari”, “Inson sadoqati”, “Billur qandillar”, “E’tirof” kabi ellikdan ziyod videofilmlarni, “Buni hayot deydilar” turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga olishda ishtirok etgan.
Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” loyihasi boshlovchi va rejissiyor bo‘lib ishlagan.

