Nega turk filmlarida “ko‘chirmachilik” ko‘paymoqda?

Share post:

Turkiyada original seriallar soni kamaymoqda, ya’ni avval boshqa davlatda suratga olingan va mashhurlikka erishgan filmlarni ular remeyk tarzida chiqarmoqda. Buni “Uzoq shahar” seriali misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Nima sababdan bunday bo‘layapti va rostdan ham turk seriallari inqirozga uchradimi? Keling, birgalikda aniqlik kiritamiz.

1. Remeyklar Turkiyada har doim bo‘lgan, lekin hozir ko‘paymoqda

Turkiyada boshqa mamlakatlarda mashhur bo‘lgan seriallarning remeykini suratga olish har doim odat bo‘lgan. Ammo 2024–2025-yillarda bu jarayon ancha kuchayib ketdi. Ilgari remeyk seriallar original “dizi”lar bilan aralashtirib yaratilgan bo‘lsa, endi esa adapatsiyalar soni ancha ustun bo‘lib bormoqda.
Misol uchun:

  • “Uzoq shahar” – Livan seriali “Al Hayba” asosida yaratilgan;
  • “Leyla” – Braziliyaning mashhur seriali “Braziliya istiqboli” asosidagi remeyk;
  • “Ikki kishilik xona” – 2025-yil yozida chiqqan romantik komediya;
  • 2025-yil kuzida esa to‘rtta koreys doramasining turkcha talqini chiqishi rejalashtirilmoqda.

2. Remeyklar xalqaro bozorda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradi

Yil sayin turk seriallari xalqaro bozorda tobora ommalashmoqda. The Guardian’ning 2019-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, turk seriallarini eng ko‘p sotib oladigan davlatlar:

  • Lotin Amerikasi mamlakatlari
  • Xitoy
  • Janubiy Koreya
  • Rossiya

    Remeyklar boshqa davlatlarda allaqachon muvaffaqiyat qozongan, ularni moslashtirish esa moliyaviy xavfni kamaytiradi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar bitta serialni ko‘plab mamlakatlarga sotish imkoniyatini oshiradi.

3. Remeyklar orqali bozor kengayadi

Masalan, “Itaewon Class” koreys doramasi yaqin kelajakda Turkiyada moslashtiriladi. “Ko‘z yoshlar malikasi” esa mashhur turk yulduzlari — Hande Erchel va Barish Arduch bilan qayta suratga olinadi.

Bu kabi loyihalar:

  • Yangi tomoshabinlarni jalb qiladi;
  • Nostalgiya (eski seriallarga sog‘inch) orqali reytingni oshiradi;
  • Mavjud hikoyani yangicha tarzda qayta taqdim etadi.

Katta mablag‘ talab etadigan yangi original loyihalar ko‘pincha zarar keltiradi. Shuning uchun remeyklar — moliyaviy jihatdan xavfsizroq yo‘l.

4. Ssenariy mualliflari inqirozda: yangi g‘oya topish qiyinlashmoqda

“Qo‘rg‘on sirlari” kabi original seriallarning oxirgi mavsumlari muxlislar uchun ko‘p hollarda umidsizlikka sabab bo‘lmoqda. Ular bir xil syujetlar, takroriy konfliktlar va ko‘p ishlatilgan o‘xshashliklardan charchagan.

Aksincha, remeykda:

  • Tayyor asos bo‘ladi;
  • Faqat mahalliy mentalitetga moslab o‘zgartirish kiritiladi;
  • Yozuvchi butun hikoyani noldan yaratishga majbur bo‘lmaydi.

Bu esa xavf-xatarsiz va sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

5. Turk ssenariy mualliflarining g‘oya inqirozi

Tayyor syujet asosida ishlash — bu ancha oson. Ammo butun hikoyani noldan yozish, uni mukammal saqlab qolish — butunlay boshqa darajadagi murakkablik. Aynan shu muammoga “Qo‘rg‘on sirlari” serialining muxlislari duch kelishdi: serialning uchinchi mavsumi, ochig‘i umidlarni oqlamadi.

Ko‘pincha remeyklar samara bermaydi. Masalan, “Leyla” seriali, Braziliyaning “Braziliya istiqboli” seriali asosida suratga olingan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. Asosiy qahramonning o‘limi — realizm qo‘shish uchun kiritilgan bo‘lsa-da, natijada ham original, ham remeyk muxlislarini g‘azablantirdi. Ya’ni bu o‘zgarish serial foydasiga ishlamadi.

Ammo boshqa tomondan, “Uzoq shahar” esa, aksincha, aynan tomoshabinlar izlayotgan hissiyot va syujetni bera oldi. Asl manba — “Al Hayba” serialida — birinchi mavsumdan keyin bosh qahramon ayol obraz sahnadan olib tashlangan edi (u omon qoladi, faqat ketib qoladi). Turkcha versiyada esa bu ayol obrazi — Alya — butun voqealar yakunigacha qolgan. Bu esa tomoshabinlarga ko‘proq barqarorlik va hissiy bog‘lanish imkonini beradi.

Xulosa shuki, remeyklar — bu Turkiya kino industriyasi uchun moliyaviy barqarorlik, xalqaro bozorga chiqish yo‘li, syujet xilma-xilligi, ijodiy inqirozga javob bo‘la oladigan vosita.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jastin Timberleyk “Layma” kasaliga chalindi

Mashhur qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleyk muxlislarini tashvishga solgan yangilik bilan o‘rtoqlashdi. San’atkor unga “Layma” kasalligi tashxisi qo‘yilganini...

Mark Ruffalo yana Xalk rolida

Marvel kinoolamida muxlislarni hayajonga soluvchi yangiliklar bor. Mashhur aktyor Mark Ruffalo yana Xalqk ro‘liga qaytmoqda. U Tom Holland...

Xitoyda robot teatr akademiyasi talabasi bo‘ldi

Xueba 01 (xitoy tilidan tarjimada — “a’lochi”) Shanxay teatr akademiyasining “Dramaturgiya va kino” bo‘yicha doktorantura dasturi talabalar safiga...

Avgust oyidagi muhim premyeralar

 “Uensdey – 2”Uensdey yana “Nevermor” akademiyasiga qaytadi. Bu safar u nafaqat yangi jumboqlar zanjirini yechishi, balki oilaviy munosabatlarni...