Mo‘g‘ulistonda ilk marotaba “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Share post:

Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan boʻlib, ilk kundanoq Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston tarixini va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini ta’kidlashdi.

“Bizni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yo‘li”, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yo‘li” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. 

U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi” – deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Shuningdek,  O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Moʻgʻulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mo‘g‘uliston Milliy opera va balet teatrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, o‘xshash qadriyatlar, san’at va ma’naviyatga bo‘lgan hurmatimizni yanada kuchaytirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jastin Timberleyk “Layma” kasaliga chalindi

Mashhur qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleyk muxlislarini tashvishga solgan yangilik bilan o‘rtoqlashdi. San’atkor unga “Layma” kasalligi tashxisi qo‘yilganini...

Mark Ruffalo yana Xalk rolida

Marvel kinoolamida muxlislarni hayajonga soluvchi yangiliklar bor. Mashhur aktyor Mark Ruffalo yana Xalqk ro‘liga qaytmoqda. U Tom Holland...

Xitoyda robot teatr akademiyasi talabasi bo‘ldi

Xueba 01 (xitoy tilidan tarjimada — “a’lochi”) Shanxay teatr akademiyasining “Dramaturgiya va kino” bo‘yicha doktorantura dasturi talabalar safiga...

Avgust oyidagi muhim premyeralar

 “Uensdey – 2”Uensdey yana “Nevermor” akademiyasiga qaytadi. Bu safar u nafaqat yangi jumboqlar zanjirini yechishi, balki oilaviy munosabatlarni...