Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida yulduzini oldi

Share post:

18-fevral kuni taniqli aktrisa Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida o‘z nomiga bag‘ishlangan yulduzni qabul qildi. Shu tariqa u Los-Anjelesda yulduz bilan taqdirlangan mashhurlar safini to‘ldirdi.

64 yoshli aktrisa marosim davomida hayajonini yashira olmadi. “Hamma joyda va birdaniga” filmi orqali yangi ijodiy cho‘qqiga chiqqan Yeo bu kun uning faoliyatidagi eng muhim voqealardan biri ekanini ta’kidladi.

U nutqida yaqinlariga minnatdorlik bildirdi. Turmush o‘rtog‘i — Jan Tod — safarda bo‘lgani sabab marosimda qatnasha olmaganini, ammo uni qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi. Shuningdek, Malayziyadan kelib syurpriz qilgan akasi va keliniga alohida rahmat bildirdi.

Aktrisa marhum otasi Yeo Kian Teikni yodga olib, uning doimo o‘zini qo‘llab-quvvatlab kelganini aytdi. 97 yoshli onasi Janet Yeo esa hanuz uning muvaffaqiyati uchun duo qilayotganini ta’kidladi.

“So‘nggi yutuqlarim — bu faqat meniki emas. Bu bizning yulduzimiz”, — deya so‘zini yakunladi Yeo.

Mazkur marosim aktrisaning ko‘p yillik mehnati va Gollivuddagi mustahkam o‘rnining yana bir e’tirofi bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Mayki Medison yangi dahshatli filmda egizak opa-singillar rolini ijro etadi

“Qizil o‘lim niqobi” nomli qo‘rqinchli filmni suratga olish ishlari boshlandi. Film rejissyori — avval “Vabo” filmi bilan tanilgan...

Deniyel Redkliff yangi Garri Potterni u bilan solishtirmaslikni so‘radi

“Dominik mendan ham yaxshiroq uddalaydi” Aktyor jurnalistlar va muxlislarni HBO serialidagi yangi Garri Potter rolini ijro etuvchi yosh aktyorga...

Afg‘onistonda Alisher Navoiy xotirasiga 16 metrlik yodgorlik quriladi

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan chorraha ochildi hamda...

Walt Disney kompaniyasi “Moana 3” ustida ish boshladi

Mashhur animatsion franshiza davom etadi. Insayder Daniel Richtman ma’lumotiga ko‘ra, The Walt Disney Company studiyasi “Moana 3” loyihasini...