“Meikin Asia 2025” xalqaro musiqa tanlovida g‘oliblar e’lon qilindi

Share post:

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti pedagogi To’lqin Tojiyev “Meikin Asia” xalqaro musiqa tanlovida uchinchi o‘rinni egallagan.

2025-yilning 20-22-iyul kunlari Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida, Issiqko‘l sohilida bo‘lib o‘tgan “Meikin Asia” xalqaro musiqa tanlovi a’lo darajadagi final bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Turk dunyosi va boshqa mintaqalardan yosh iste’dod egalari ishtirok etgan ushbu tanlovda xalqaro hakamlar hay’ati baholashi natijasida g‘oliblar aniqlandi.

Festivalning eng yuqori mukofoti — Gran-pri o‘zining ta’sirchan sahna chiqishi va kuchli talqini bilan ajralib turgan Diana Stіnkulesa (Ruminiya)ga berildi. U 8 000 dollar miqdorida pul mukofoti ham oldi.

Birinchi o‘rin Qirg‘iziston vakili Urmat Sotibaldiyevga nasib etdi. U hakamlar hay’ati va tomoshabinlardan yuqori baholarni olgani uchun 6 000 dollar mukofoti bilan taqdirlandi.

Ikkinchi mukofot uch xil davlatdan kelgan san’atkorlar o‘rtasida bo‘lishdi:

Vitaliy Drob (Belarus)
Kamir Duysheyev (Qirg’iziston)
Kira Gogoladze (Rossiya)

Uchinchi mukofot g‘oliblari esa:

Polina Taseva (Shimoliy Makedoniya)
Eje Ata (Turkiya)
To‘lqin Tojiyev (O‘zbekiston)

Festivalning yakuniy kechasida xalqaro miqyosda tanilgan qozog‘istonlik san’atkor Dimash Kudaybergan ham ishtirok etdi. U festivalning birinchi yili Gran-pri g‘olibi bo‘lgan va bu safar maxsus mehmon sifatida tomoshabinlarga esda qolarli chiqishlari bilan qatnashdi. Xalqaro hakamlar hay’ati ko‘p kunlik baholash jarayonida ishtirokchilarning vokal iste’dodi, sahnadagi ishtiroki va badiiy o‘ziga xosligini e’tiborga oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...