Makoley Kalkin Ketrin O’Hara bilan samimiy xayrlashdi

Share post:

Uyda yolg‘iz” filmida Kevinning onasi rolini o‘ynagan aktrisa Ketrin O’Hara 71 yoshida “qisqa muddatli kasallikdan so‘ng” vafot etdi.

O’Hara “Uyda yolg‘iz” (1990) va “Uyda yolg‘iz 2: Nyu Yorkda adashgan” (1992) filmlarida Kevinning onasi Keyt Makkallister rolini o‘ynagan.

Aktrisaning karerasi ellik yildan ortiq davom etdi. U o‘z faoliyatini Kanadaning “Second City Television” skech-shousida boshlagan va ushbu loyiha uchun o‘zining ilk “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Unga “Bittljus”, “Ishdan so‘ng” filmlari va “Uyda yolg‘iz” filmining dastlabki ikki qismidagi bosh qahramonning onasi roli keng mashhurlik keltirdi.

Keyingi davrda O’Xara “Shitts Krik” serialidagi Moyra Rouz roli tufayli mashhurlikning yangi to‘lqinini boshdan kechirdi va bu roli uchun ikkinchi bor “Emmi” mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, u HBO telekanalining “Bizdan biri” serialida va Apple TV’ning “The Studio” loyihasida suratga tushgan, bundan tashqari, bir qator animatsion filmlarda ovoz berish aktrisasi sifatida ishtirok etgan.

Kalkin o‘zining Instagram sahifasida O’Hara bilan ikkita hamkorlik suratini joylashtirdi: biri 1990-yilda suratga olingan “Uyda yolg‘iz” filmidan, ikkinchisi esa 2023-yilda Kalkin Gollivud shon-shuhrat xiyobonida yulduz olgan marosimdan. Post ostiga o‘zining xayrlashuv so‘zlarini ham yozib qoldirdi.

“Ona. Men hali vaqtimiz bor, deb o‘ylagandim. Men ko‘proq xohlagandim. Sening yoningda, stulda o‘tirishni xohlagandim. Seni eshitdim. Lekin aytadigan gaplarim hali juda ko‘p edi. Men seni yaxshi ko‘raman. Keyinroq ko‘rishamiz” – Kalkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...