Amerikalik xonandalar The Weeknd va Ledi Gaga uzoq yillardan buyon internetda muhokama qilinib kelayotgan qo‘shiqni maxsus munosabat bilan birga yozishi mumkin. The Express Tribune nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bu “maxsus munosabat” 2027-yilda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) o‘tkazadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lishi mumkin.

Insayderlarning ta’kidlashicha, dastlab The Weeknd pop-diva Beyonse bilan duet yozishi mumkin edi. Biroq o‘tgan yil oxirida internet foydalanuvchilari The Weeknd’ning Ledi Gaga bilan ehtimoliy hamkorligini faolroq muhokama qila boshlashdi. Bunga xonandaning epatajli ijodkor Ledi Gaganing arxivdagi suratini ishora sifatida e’lon qilgani sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, bu postdan keyin ikki yulduz tomonidan muhim musiqiy yangiliklar e’lon qilinmadi.
Gaga va The Weeknd’ning qo‘shma qo‘shig‘i haqidagi ma’lumot hozircha na san’atkorlar jamoalari, na FIFA vakillari tomonidan tasdiqlangan. Shunga qaramay, taxmin qilinayotgan duet muxlislari The Weeknd va Ledi Gaga xalqaro sport auditoriyasiga manzur bo‘ladigan, “esda qolarli gimn” yaratishi mumkinligiga ishonishmoqda. Chunki har ikki xonanda ham pop-madaniyatga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avvalroq, 12-dekabr kuni, Ledi Gaga va The Weeknd hamkorligi haqidagi muxlislar nazariyasining paydo bo‘lish sabablari haqida xabar berilgan edi. Gap shundaki, 2016-yilda ikki mashhur ijodkor moda namoyishida birga ishtirok etgan, shundan so‘ng ularning hamkorligi davom etishi mumkinligi taxmin qilingan.

