Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi treyleri 3 kunda 33 milliondan ortiq tomosha qilindi

Share post:

Kristofer Nolanning Gomer dostoni asosida suratga olingan “Odisseya” (The Odyssey) filmining ilk treyleri qisqa vaqt ichida katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Universal Pictures taqdim etgan video uch kun ichida 33 mln martadan ortiq tomosha qilindi.

Kartinada bosh rol – Itaka qiroli Odisseyni Mett Deymon ijro etgan. Uning rafiqasi Penelopa obrazini Enn Xeteuey, o‘g‘li Telemaxni esa Tom Holland gavdalantirgan. Film syujeti qadimgi yunon dostoniga asoslangan bo‘lib, Odisseyning troyan urushidan keyin o‘z vataniga qaytishdagi uzoq va xavfli sarguzashtlari, jumladan, siklop Polifem va jodugar Kirka bilan to‘qnashuvlarini hikoya qiladi.

“Odisseya” filmi $250 millionlik budjeti bilan Kristofer Nolan faoliyatidagi eng qimmat loyiha bo‘ldi. Bu to‘liq IMAX 70 mm formatdagi kameralarda suratga olingan birinchi film hisoblanadi. Tasvirga olish ishlari 2025-yilning fevralidan avgustigacha Marokash, Gretsiya, Italiya, Shotlandiya, Islandiya va G‘arbiy Sahroi Kabirda bo‘lib o‘tgan.

Aktyorlar jamoasidan, shuningdek, Robert Pattinson, Zendaya, Sharliz Teron, Lupita Niongo va Jon Berntal kabi yulduzlar o‘rin olgan. Film premyerasi AQShda 2026-yil 17-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Teylor Svift Feeding America’ga 1 million dollar xayriya qildi

Mashhur amerikalik xonanda Teylor Svift yana bir bor saxiyligi bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. U AQSh bo‘ylab millionlab odamlarga...

“Juda g‘alati ishlar” Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylandi

“Juda g‘alati ishlar” seriali yakuniga yetib borar ekan va Netflix’ning mashhur seriali finali Yangi yil arafasida namoyish etilishi...

“Avatar 3” birinchi haftada $345 million daromadga erishdi

Jeyms Kemeronning super‑blokbasteri “Avatar: Olov va kul” kinoteatrlarda namoyish etilganidan beri tomoshabinlarni lol qoldirmoqda. Filmning global daromadi birinchi...

Ana de Armas Abu-Dabida masjidga hijobda tashrif buyurdi

Mashhur aktrisa Ana de Armas Abu-Dabiga qilgan sayohati davomida mahalliy urf-odat va diniy an’analarga hurmat bajo keltirdi. U...