Kompazitor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Share post:

O‘zbek san’atida katta yo‘qotish. Bugun ustoz ijodkor, taniqli kompozitor, O‘zbekiston san’at arbobi Dilorom Omonullayeva 66 yoshida bu olamni tark etdi.

Dilorom Omonullayeva 1959 yil 1 oktyabr sanasida Toshkentda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Diloromning qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy mo‘jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi bo‘yicha o‘qiy boshladi. 12 yoshida esa professor Boris Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham qo‘shimcha saboq oldi.

Ilk asarlari orasida torli orkestr, urma cholg‘ular va fortepiano uchun besh syuitasi milliy simfonik orkestri tomonidan ijro etildi va muvaffaqiyat qozondi.

Dilorom Omonullayeva 1978 yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor Boris Zeydman sinfida o‘qishni davom ettirdi, kompozitor Rumil Vildanov sinfida o‘qishni imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Dilorom Omonullayeva 1984–1986 yillarda yo‘llanma bilan Guliston san’at bilim yurtida musiqa fanlaridan dars berishni boshladi. 1986–1990 yillarda konservatoriyada professor To‘lqin Qurbonov sinfida asisstenturani bitirdi. 1993 yildan Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.

Dilorom Omonullayeva zamonaviy estrada yo‘nalishida U.Azim, E.Obidov, N.Narzullayev. Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning she’rlariga musiqa bastaladi, turli mavzularda 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi: “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Yomg‘ir yog‘di”, “Saraton”, “Sen qaydasan”, “Ikki daraxt”, “Azizim”, “Yig‘lama”, “Yolg‘on dunyo” va boshqalar. 1997 yili Usmon Azim she’riga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasini yaratdi.

Dilorom Omonullayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan, “Ofarin” mukofoti sohibi, “O‘zbekiston — Vatanim manim” va boshqa tanlovlar sovrindori.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...