Kim Kardashyan telefonida o‘zini googleda qidirayotganda qo‘lga tushdi

Share post:

U Parijda Balencia’ga ko‘rgazmasiga yaltiroq ko‘ylak va noodatiy etiklarda kelar ekan, yana diqqat markazida bo‘ldi.



44 yoshli tadbirkor ayol Fransiya poytaxtida brendning namoyishi oldidan yaltiroq oppoq libosda ko‘rinish berdi. U dizaynerning klassik uzun poshnali etiklarini kiyib olgan edi. Bir kun oldin esa u xuddi shunday ko‘rinishda pushti lateks kiyim bilan ham ko‘chada paydo bo‘lgan edi.

“Balenciaga” brendi 2022-yilda bolalarni BDSM mavzusidagi reklamaga suratga tushirgani uchun katta janjalga sabab bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tgach, 2024-yilda Kim ularning yangi brend yetakchisi sifatida e’lon qilindi. Kim bu brend bilan anchadan beri yaqindan hamkorlik qilib keladi.

Kim ilgari Balenciaga’ning reklama kampaniyalarida suratga tushgan, ularning ko‘rgazmalarida qatnashgan va 2021-yilda sobiq ijodiy direktor Demna Gvasaliya bilan “Met Gala” tadbiriga ham borgan edi.

Chorshanba kuni Balenciaga ko‘rgazmasi boshlanishidan avval (tadbirda Keti Perri, Loren Sanches, Nikol Kidman, Kardi B va Salma Hayek ham ishtirok etdi) Kim oq kiyimi, katta qora quyosh ko‘zoynagi bilan hammani o‘ziga qaratdi.

Eng qizig‘i, bino ichkarisiga kirayotganida Kimning telefoni kadrlarga tushib qoldi.  U  telefonida yaqinda kiygan pushti kiyimdagi suratlarini izlayotgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...