​​Kim Kardashyan 6 yildan so‘ng yuridik maktabni bitirdi

Share post:

44 yoshli Kim Kardashyan 6 yillik mehnatidan so‘ng o‘qishni tamomladi va bu voqeani o‘z uyida o‘tkazilgan kichik bitiruv marosimi bilan nishonladi. Marosimda faqat o‘zi “talaba” bo‘lgan bo‘lishiga qaramasdan u buni Instagram sahifasida katta faxr bilan namoyish qildi. Lekin ko‘plab insonlar izohlarda uch yillik o‘quv dasturini olti yilda tugatganini hazil bilan tanqid qilishdi.

Marosim chog‘ida Kardashyan kulrang futbolka, qora mini yubka va qaymoq rangli bitiruv qalpog‘ini kiygan holda o‘tirgan edi. Ustozlari unga iliq so‘zlar bilan minnatdorchilik bildirib nutq so‘zlashdi, oilasi va farzandlari esa uni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Ustozlaridan biri bu jarayonni “eng ilhomlantiruvchi huquqiy sayohatlardan biri” deb baholadi.

Kardashyan an’anaviy yuridik maktabda o‘qimagan. Kaliforniya shtatida shaxslar to‘rt yillik «Law Office Study Program» (LOSP), ya’ni “huquqni o‘qish” dasturini tamomlab, yurist bo‘lishlari mumkin. U Kalforniya shtatida yurist bo‘lib ishlashi uchun “Bar imtihoni”ni topshirishi kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...