Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng eng yaxshi roli uchun mukofotlandi

Share post:

Yakshanba kuni AQSh Rejissyorlar Gildiyasi mukofotlari topshirish marosimida marhuma aktrisa Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng e’tirof etildi. U “Komediyaviy serialdagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Kinostudiya” loyihasidagi Petti Li obrazini yorqin ijro etgani uchun mukofot bilan taqdirlandi, deb xabar berdi mukofotning rasmiy sayti.

Aktrisa nomi e’lon qilinishi bilan zal uni uzoq olqishladi. Mukofotni qabul qilish uchun sahnaga uning serialdagi hamkasbi Set Rogen chiqdi va samimiy hamda iliq nutq so‘zladi.

“U barchani ortda qoldira olishini bilardi va suratga olish maydonchasida buni har kuni qilishni istardi,”— dedi Set Rogen. U shuningdek, Ketrin ushbu mukofotdan juda ta’sirlangan bo‘lardi, deb ta’kidladi va uning ssenariy bo‘yicha bildirgan fikrlari har doim materialni yanada yaxshilaganini esladi.

Ketrin O’Hara yanvar oyida 72 yoshida vafot etdi. O‘lim sababi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi bo‘lgan, shuningdek unga to‘g‘ri ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan edi.

Ketrin O’Hara kinematografiya tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U mashhur “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinining onasi roli orqali millionlab tomoshabinlarning sevimlisiga aylangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jim Kerri haqidagi mish-mishlar va bunga uning vakilining izohi

Jim Kerrining “Sezar” mukofotida paydo bo‘lishi turli konspirologik taxminlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi muxlislar ularning sevimli aktyori almashtirilgan deb...

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familiyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...