Jim Kerri haqidagi mish-mishlar va bunga uning vakilining izohi

Share post:

Jim Kerrining “Sezar” mukofotida paydo bo‘lishi turli konspirologik taxminlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi muxlislar ularning sevimli aktyori almashtirilgan deb o‘ylashdi. Boshqalar esa hammasi plastik operatsiyalar bilan bog‘liq, degan fikrni bildirishdi. Vaziyatga grim ustasi va transformatsiya mahorati bilan tanilgan Aleksis Stoun ham “olovga moy sepdi” — u marosimda Kerri qiyofasida aynan o‘zi bo‘lganini da’vo qildi.

26-fevral kuni Jim Kerri “Sezar” mukofoti marosimida qatnashdi. Aktyor yolg‘iz emas edi: u bilan Parijdagi “Olimpiya” konsert zaliga qizi Jeyn, nabirasi Jekson va hamrohi Min A. kelgan. Marosimda Kerri kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlandi. Uni sahnada qabul qilar ekan, kanada-amerikalik aktyor fransuz tilida kuchli aksent bilan minnatdorchilik nutqini so‘zladi. Nutqi davomida u o‘ziga xos mashhur mimikalarini ham ko‘rsatdi.

Keyinroq qizil gilamda aktyor jurnalistlarga fransuzcha nutqi ustida juda uzoq ishlaganini tan oldi: “Uni telbadek mashq qildim”. Ammo marosimdagilar “soatiga ming mil tezlikda gapirayotganini” eshitgach, u “men o‘ldim” deb hazillashgan. Albatta, kontekstdan uzib olingan aynan shu ibora konspirologlar tomonidan dalil sifatida ishlatila boshlandi.

Ba’zi sharhlovchilarni Kerrining xatti-harakati ham hayron qoldirdi. Ularning fikricha, aktyor odatda juda ekspressiv va hazlkash emas, bu safar u vazmin va xushmuomala ko‘ringan. Komik bir necha bor kino sanoati vakillariga minnatdorchilik bildirdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bu uning ilgari sanoatni tanqid qilgan pozitsiyasiga zid, deb hisoblashdi. Biroq eng katta shubha uning so‘zlari emas, tashqi ko‘rinishi sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar ko‘z rangi o‘zgarganini (avval jigarrang edi, endi yashilroq ko‘rinadi), burni va jag‘i shakli boshqacha ekanini yozishdi.

Aleksis Stounning posti minglab izohlar to‘pladi va ko‘pchilikni ishontirdi yoki hech bo‘lmaganda “Sezar” marosimida haqiqatan ham Kerri bo‘lganmi?” degan savolga shubha uyg‘otdi. Hatto aktrisa Megan Foks ham izohda: “Men bu stressga chiday olmayman, bu rostmi yoki yo‘qmi bilishim kerak”, deb yozdi.

Skeptiklar esa Stounning dalillarini yetarli deb bilishmadi. Ular undan har doimgidek batafsil transformatsiya videosini joylashni so‘rashdi. Ba’zilar niqob tasviri sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytishdi. Bundan tashqari, Kerri Parij sahnasida ko‘rsatgan mimikalarni niqob bilan takrorlash deyarli imkonsiz.

Ba’zi OAV plastik jarrohlar fikriga tayanib, uning qiyofasi yuzni torttirish, fillerlar yoki blefaroplastika kabi muolajalar sabab o‘zgargan bo‘lishi mumkinligini yozishdi. Ammo bu borada ham yagona fikr yo‘q. Plastik jarroh Raffi Ovsepyan Kerri qiyofasida keskin jarrohlik aralashuvi izlarini ko‘rmaganini aytdi. Balki aktyor oz miqdorda gialuron kislotasi asosidagi filler ishlatgandir.

“Men oltmish yoshlardagi, tanadagi tabiiy yoshga oid o‘zgarishlarga ega erkakni ko‘ryapman. Balki ozgina estetik parvarish bo‘lishi mumkin, u esa ma’lum yoritishda boshqacha ko‘rinishi ehtimol”, — dedi mutaxassis AOL nashriga.

Jim Kerrining vakili Marlea Lesli Entertainment Weekly nashriga shuni aniq aytdi: “Jim Kerri Parijdagi Sezar mukofoti taqirlash marosimida bevosita ishtirok etdi va mukofotini o‘z qo‘li bilan qabul qildi.”

Mukofotning bosh vakili Gregori Kolye ham “dublikat” haqidagi gaplarga ishonmaydi. U Variety nashriga bergan bayonotida bu mish-mishlarni “muhokamaga arzimaydigan masala” deb atadi va aktyorning mukofotga tayyorgarligi uzoq davom etganini ta’kidladi.

“Jim Kerrining tashrifi kuzdan beri rejalashtirilgan edi. Akademiya taklifi uni juda to‘lqinlantirdi. Bir necha oy davomida doimiy va samarali muloqot qildik. U oylar davomida fransuzcha nutqi ustida ishladi, ayrim so‘zlarning aniq talaffuzini mendan so‘radi. U hamrohi, qizi, nabirasi va o‘n ikki yaqin do‘sti hamda qarindoshlari bilan keldi. Uni uzoq yillik matbuot kotibi kuzatib bordi. Shuningdek, uning eski do‘sti, rejissyor Mishel Gondri ham shu yerda edi va ular yana uchrashganidan juda xursand bo‘lishdi”, — dedi Kolye.

Aktyorning o‘zi, yaqinlari va vakillari hozircha bu vaziyat yuzasidan qo‘shimcha izoh bermagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...