Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning nufuzli “Sezar” mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi an’anaviy tarzda Parij shahrida bo‘lib o‘tdi va kino sanoatining yetakchi namoyandalarini jamladi.

Mukofotni aktyorga “Eternal Sunshine of the Spotless Mind” (“Beg‘ubor xotiraning abadiy yog‘dusi”) filmining rejissyori Mishel Gondri topshirdi. Kerri o‘z nutqida bildirilgan yuksak e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, nasl-nasabidagi fransuz ildizlarini alohida ta’kidladi.
“Taxminan uch yuz yil avval mening katta-katta bobom Mark Fransua Kerri Fransiyaning Sen-Malo shahridan Kanadaga ko‘chib ketgan. Ehtimol, bu mening oilam izlagan narsa bo‘lgandir. Agar omad sizga kulib boqishini istasangiz, avval o‘zingiz unga tabassum qiling. Bu juda qiyin, ammo biz harakat qilishimiz kerak. Men bu xotirani doimo qadrlayman va unga har doim tabassum qilaman. Mening hayotim — jannat”, — dedi aktyor fransuz tilida.

