Jan Yaman ayblovlarni rad etdi va Italiyaga qaytdi

Share post:

Mashhur turk seriali “Tong qushi” yulduzi Jan Yaman so‘nggi kunlarda giyohvandlik bilan bog‘liq ayblovlar markazida bo‘ldi. Turkiya matbuoti uni narkotik moddalar saqlashda gumon qilganini xabar qilgan, biroq aktyor buni qat’iyan rad etdi va hozirda Italiyada ekanini ma’lum qildi.

Turkiya nashrlari xabariga ko‘ra, Yaman Istanbulda narkotik moddalarga qarshi olib borilgan keng ko‘lamli amaliyot vaqtida vaqtincha hibsga olingan. Ushbu operatsiyada boshqa taniqli shaxslar va ko‘ngilochar soha vakillari ham ishtirok etgan. Ba’zi manbalarda uning shaxsiy mulkida narkotik moddalar topilgani aytilgan.

Ammo Yaman tezda ozod qilindi: unga nisbatan rasmiy hibs yoki boshqa cheklovlar qo‘llanmagan, va u ertasi kuni Italiyaga qaytib bordi.

O‘z murojaatida Jan Yaman ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanligini ta’kidladi:

“Hurmatli italyan va turk matbuoti doimo menga nisbatan tanqidiy fikrda bo‘lgansiz lekin bu safar barcha chegaralardan chiqib kettingiz. Iltimos, Bosfordan kelayotgan noto‘g‘ri xabarlarni tarqatmang. Fikringizcha, men politsiya katta tekshiruvlar olib borayotgan va ko‘plab mashhur shaxslarni hibsga olayotgan bir paytda narkotik olib yuramanmi? Agar bu rost bo‘lsa, meni shu qadar tez ozod qilmaslikari kerak ediku, to‘g‘rimi? Va ertasi kuni Italiyaga qaytib ham kela olmasdim. Italiya, men seni sevaman”.

Ekspertlar ta’kidicha, Yaman hibsga olingan ish turk hukumatining aynan ko‘ngilochar soha va klublarda narkotik moddalarga qarshi olib borayotgan keng ko‘lamli kampaniyasining bir qismidir. Hibsga olinganlar orasida faqat mashhurlar emas, balki klub egalari va tadbirkorlar ham bor.

Hozirda Jan Yaman yangi loyihalar ustida ishlashni davom ettirmoqda va muxlislariga uning giyohvandlik bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...