Irina Sheyk qizini tarbiyalashdagi cheklovlar haqida gapirdi

Share post:

Rossiyalik supermodel Irina Sheyk shaxsiy hayoti va farzand tarbiyasi haqida juda kam gapiradi. Yaqinda u People nashriga bergan intervyusida qizi Leya qanday tarbiyalanayotgani va u uchun qanday cheklovlar qo‘yilgani haqida so‘zlab berdi.

Irinaning qizi 2017-yil mart oyida amerikalik aktyor Bredli Kuperdan tug‘ilgan. Mashhur ota-onalar uni ommaning ortiqcha e’tiboridan maksimal darajada himoya qilishga harakat qilgan.

Hozir Leya 8 yosh. Sheykning aytishicha, endi u ota-onasining mashhurligini, ularning ishlari qanday ekanini tushunadi. Shunga qaramay, model ham, Kuper ham qizining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaridan kelganini qilishadi.

Qizini tarbiyalash prinsiplari haqida gapirar ekan, Irina Sheyk gadjetlardan foydalanishga qo‘yilgan qat’iy cheklovlarni ochib berdi. “Uning raqamli texnologiyalarga juda, juda cheklangan kirish imkoni bor. Deyarli yo‘q,” — deya modelning so‘zlarini People keltiradi. Buning o‘rniga ota-onasi qizini do‘stlar, o‘yin va jonli muloqot orqali rivojlantirishga intiladi. Ularning fikricha, qiz uchun eng muhimi — mehr.

“Farzandingizga bera oladigan eng yaxshi narsa — mehr qo‘yilgan oilaviy tarbiya,”
— deydi Irina Sheyk.

Bredli Kuper va Irina Sheykning munosabatlari haqida ilk bor 2015-yilda ma’lum bo‘lgan. Ular rasmiy nikohda bo‘lmagan va 2019-yilda munosabatlari yakunlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeyden Smit to‘lov majburiy bo‘lmagan restoran ochdi

Amerikalik aktyor va musiqachi Jeyden Smit o‘zining navbatdagi ijtimoiy loyihasi — to‘lov majburiy bo‘lmagan restoranini ishga tushirdi. Restoran...

Jahongir Otajonovni 2,3 mlrd so‘mga “uxlatgan” san’atkor 8 yilga qamaldi

Jahongir Otajonov uzoq yillardan beri tanish bo‘lgan qashqadaryolik xonanda tomonidan firibgarlikka uchradi. Otajonovning aytishicha, ular konservatoriya yillaridan tanish...

“Markaziy Osiyo madaniy brendi” yaratiladi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...