Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi.

Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga ishoradir, deyiladi Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotda. Shu paytgacha Indoneziyaning Sulavesi oroli janubida va Borneo orolining sharqidagi g‘orlar devorlarida topilgan rasmlarni olimlar eng qadimgi namunalar deb hisoblashgan. Sulavesi orolining janubi-sharqiy qismi hozirgacha o‘rganilmagan edi.
Avstraliyaning Brisben universiteti olimlari Maksim Obert boshchiligida bu yerda 14 ta yangi arxeologik yodgorlik topishdi. Yangi tasvirlar, jumladan, inson qo‘llarining bo‘yalgan izlari va odamlarning rasmlari Sulavesi janubi-sharqidagi Muna orolidagi karst g‘orlarida aniqlandi. Ularning yoshini aniqlash uchun olimlar o‘n minglab yillar davomida rasmlarni qisman qoplashga ulgurgan minerallarning radioizotop tahlilidan foydalanishdi.
Tahlillar rasmlarning quyi yosh chegarasi 67800 yil ekanini ko‘rsatdi, bu ularning fanga ma’lum bo‘lgan inson qo‘li bilan yaratilgan tasvirlarning eng qadimiysi ekanini ko‘rsatmoqda.

