Gollivudni hayratlantirgan Tom Kruz va Bred Pitt ishtirokidagi rolik (AI)

Share post:

Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan qisqa metrajli rolik kino sanoati gigantlarini jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Dunyoga mashhur yulduzlar — Tom Kruz va Bred Pittning kinodagi mushtlashuvi aks etgan video shunchalik real chiqqanki, u butun Gollivudni hayratda qoldirdi.

Ushbu rolik muallifi irlandiyalik rejissyor Ruayri Robinson bo‘lib, u Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli Seedance 2.0 neyrotarmog‘idan foydalangan. Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu model nafaqat tasvir sifati, balki harakatlar fizikasi va realizmga ham alohida urg‘u beradi. Bu esa oddiy foydalanuvchiga ham o‘zini professional kino olamining bir qismidek his qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Hatto sohaning eng tajribali mutaxassislari ham ushbu texnologiyadan hayratda qoldi. Masalan, “Dedpul” filmi bilan tanilgan ssenariy muallifi Rett Riz ushbu videoni ko‘rib, o‘zini xuddi “yomg‘ir tagida qolgandek” his qilganini aytdi. Uning fikricha, bunday texnologiyalar kelajakda minglab kinoijodkorlarning ish o‘rinlariga jiddiy zarba berishi mumkin.

Shuningdek, sun’iy intellektda turli roliklar ishlab chiquvchilariga nisbatan noroziliklar ortmoqda. Bunga qarshilik bildirayotganlar orasida kino olami giganti bo‘lgan Disney studiyasi ham bor.

Amerika televideniye va radio ijodkorlari federatsiyasi (AFTRA)ga ko‘ra ham, studiyalar yoki mualliflar ma’lum bir insonning roziligisiz qiyofasi va tashqi ko‘rinishidan foydalanib, turli videolarni yaratishga haq-huquqi yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Chonguk Hublot brendining global elchisi bo‘ldi

Shveysariya lyuks soat brendi Hublot BTS a’zosi Chongukni o‘zining yangi global elchisi etib tayinladi. Hamkorlik Seulda (Janubiy Koreya)...

XXI asrda “Oskar” olgan aktrisalar reytingi e’lon qilindi

Nufuzli Rolling Stone jurnali XXI asrda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisalar reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatni tuzishda ularning kino...

Qozog‘istonda xorijlik san’atkorlarga yangi talablar qo‘yilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xorijlik san’atkorlarning chiqishlarini nazorat qiluvchi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, bundan buyon xorijlik san’atkorlar va tadbir...

Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida yulduzini oldi

18-fevral kuni taniqli aktrisa Mishel Yeo Gollivud Shon-shuhrat xiyobonida o‘z nomiga bag‘ishlangan yulduzni qabul qildi. Shu tariqa u...