Gollivud afsonasi Kevin Kostner 46 yoshli rejissyor bilan birga

Share post:

Kevin Kostner yana muhabbatga yo‘l topdi ?

70 yoshli Gollivud yulduzi, 46 yoshli kinorejissor Kelli Nunan Gors bilan yangi munosabat boshlagani aytilmoqda. Kelli — milliarder Alek Gorsning sobiq rafiqasi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor “so‘nggi yillarda o‘zini hozirgidek hech qachon baxtli his qilmagan”.

Ularning munosabatlari haqida gap-so‘zlar Aspen shahridagi “JAS Labor Day Experience” tadbiridan keyin paydo bo‘ldi. Har ikkalasi tadbirda qatnashgan bo‘lsa-da, birga ko‘rinishmadi. Shunga qaramay, yaqinlari bu munosabat tezda jiddiylashayotganini aytmoqda. Kostner go‘zal, bir farzandning onasi bo‘lgan Kelli bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga intilmoqda.

Do‘stlari Kellini aktyorning “ideal inson” sifatida ta’riflashmoqda — sportni sevuvchi, tabiatga oshno va sodda inson. Ularni bog‘laydigan jihatlar ham ko‘p: tabiat qo‘ynida sayr qilish, itlar bilan yurish va shov-shuvlardan yiroq hayot tarzini afzal ko‘rish.

Og‘ir ajrashuvni boshidan kechirgan Kostner hozircha ehtiyotkorona qadam tashlayapti. Ammo manbalarning aytishicha, u yana chin muhabbatni topish ehtimolini rad etmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...