Ertaknamo mamlakat –Butan

Date:

Share post:

Ba’zida biror plyajga borib, quyosh nurlaridan zavqlanib, yilning charchog‘ini chiqarishni va dengizda salqinlanishni istaymiz. Biroq “ta’til” deganda ayrimlarning xayolida faqat dengiz, qum va quyosh bilan cheklanadigan dam olish emas, bundan-da ko‘proq narsa gavdalanadi. Go‘yo ertaklardagi afsonaviy diyordan joy olgandek sehrli bir tajribani xohlaymiz… Aynan shunday ertaknamo mamlakatlaridan biri — Butan.

Butan Qirolligi — dengiz bilan chegaradosh bo‘lmagan mamlakat. Eng yaqin qirg‘oqqacha ancha masofa borligini bemalol aytish mumkin. Hindistonning shimolida, Xitoyning Tibet hududining janubida ikkita katta davlat orasida joylashgan. Himolay tog‘larining sharqiy qismidagi eng go‘zal manzaralar bilan emas, balki Buddizmning eng chiroyli ibodatxonalari bilan ham sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Butan Qirolligi aholisi tog‘lar orasidagi bu ertaknamo diyorni o‘z tillarida “Druk Yul”, ya’ni “Gumburlovchi ajdaho diyori” deb atashadi. Butan o‘zining betakror geografik joylashuvi tufayli ajoyib tabiiy go‘zalliklar va sayohat imkoniyatlariga ega bo‘lish bilan birga, e’tiqodlar va qadimiy ibodatxonalar orqali boy madaniy merosga ham ega — sayohatchilarni ham ruhan, ham estetik jihatdan xursand qiladi.

Tabiatning boyligi, geografik hududning betakror go‘zalliklari va tog‘lar haqida gap ketganida birinchi xayolimizga keladigan narsa — tog‘ sayrlaridir (trekking). Himolay tog‘larining sharqiy qismida joylashgan Butan, shubhasiz, ajoyib trekking yo‘laklarini taklif etadi. Butan — sayyoramizdagi o‘ziga xos manzillardan biri bo‘lib, bu “Gumburlovchi Ajdaho Diyori” bo‘ylab yurish — inson umri davomidagi noyob tajribalardan biri bo‘lishi aniq. Agar siz tabiat qo‘ynida yurishga yoki alpinist kabi tog‘ga tirmanishga qiziqsangiz, Butan sizga unutilmas sarguzashtlarni taqdim etadi.

Butan qadimiy tarix va sirli ruhiyat bilan boyitilgan. Bu qadimiy madaniyat, ayni vaqtda savdo-sotiq nuqtai nazaridan ham o‘ziga xoslikni taqdim etadi. Butanning noyob e’tiqod turi va madaniyati mavjud bo‘lib, mahalliy kiyimlar va diniy buyumlar sizni albatta o‘ziga maftun etadi. Butandan biror buyumni esdalik sifatida olib kelish — go‘yo o‘sha yerning butun tarixini o‘zimiz bilan olib kelgandek his qildiradi. Aynan shuning uchun ham Butan ajoyib tanlov.

Butanda tungi hayot ko‘proq ko‘ngilochar bazmlar bilan emas, balki ruhiy-ma’naviy tadbirlar bilan to‘la. Biroq dam olish va madaniy zavq nuqtai nazaridan qaralganda, mahalliy jonli musiqa va raqs jamoalari bu istaklaringizni amalga oshira oladi.

Biroq albatta eslatib o‘tish kerak bo‘lgan muhim jihat shuki: Butanda sayohat faqat ro‘yxatdan o‘tgan rasmiy gid bilan amalga oshiriladi, ya’ni Butandagi butun sayohat davomida mahalliy gid sizga doimiy hamroh bo‘lishi shart.

“Sayyohlik gidlari” masalasi hammaga birdek yoqavermasligini yaxshi tushunamiz… Ammo shunday qadimiy va sirli mamlakatda sizga rivoyatlar va tarixiy voqealarni so‘zlab beradigan, yo‘l davomida mahalliy aholi bilan muloqot qilishingiz uchun tarjimonlik qiladigan gid bilan sayohat qilish — bu jozibador maskanni chuqurroq o‘rganish uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.

Butanning eng mashhur taomlaridan biri — “ema” bo‘lib, u guruch va achchiq qalampir ustiga mazali pishloqli sous qo‘shilib tayyorlanadi. “Kesha datshi” deb nomlangan boshqa bir taom esa, dimlangan kartoshka va pishloqdan iborat bo‘lib, ko‘pincha unga ham qalampir qo‘shiladi. Qalampir va rediska bilan pishirilgan, quritilgan mol go‘shti — “shakam paa” ni ham albatta tatib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Agar siz kotlet yoki xamirli taomlarni yoqtirsangiz, “momo” deb ataladigan Butanning mashhur xamirli gazaklari har yerda mavjud. Go‘sht, pishloq yoki sabzavot bilan to‘ldirilgan bu xamirli gazaklar buhorda pishiriladi yoki qovuriladi va o‘ziga xos achchiq sous bilan birga tortiladi. 

Butandagi muqaddas joylar — Buyuk Budda haykali va Taktsang monastiridir. Taktsang monastiri, 1692-yilda qurilgan. Paro vodiysida, dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan bu monastirga olib boradigan yo‘lning o‘ziyoq sayohatchilarni sehrlab qo‘yadi. Buyuk Budda haykali esa Kuenselphodrang’ tabiiy bog‘i tepaligida joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng ulkan Budda haykallaridan biridir. Ushbu tepalikdan shaharning go‘zal manzarasini izlash ham mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Italiya sayohati davomida qaysi qahvani, qachon ichish kerak?

Italiya qahva qo‘llanmasi – Italiyaga sayohatingizda juda asqotadi! Italiyada qahva ichmoqchisiz-u, lekin qaysi qahvani qachon tanlash kerakligini bilmayapsizmi? Atrofingiz...

Har bir retsept — o‘ziga xos kashfiyot!

Korona virusi hayotimizga kirgandan beri juda ko‘p narsa o‘zgardi.Endi “O‘zim uchun nimadir qilishim kerak” degan fikrga har qachongidan...

Darhol sinab ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 3 ta shirinlik retsepti

Oson va tez tayyorlanadigan shirinliklar yordamida dasturxoningizni boyitishingiz mumkin. Bugungi maqolamizda darhol sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 3 ta...

KALAXARI – SAFARINI YOQTIRADIGANLAR UCHUN AJOYIB MANZIL

Kalahari cho‘li oltita davlat hududida joylashgan bo‘lib, atrofidagi havzalar bilan birga 2,5 million km² maydonni egallaydi va dunyodagi...