Dunyodagi shokolad manzillari

Share post:

Kim nima desa desin, kichkina bir bo‘lak bo‘lsa ham, shokolad bergan baxtni hech narsa bera olmaydi. Hatto olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, shokoladni yeyish shart emas ekan, uning hidi ham endorfin ishlab chiqarilishiga yetarli bo‘larkan. Unda keling, endorfin gormonini osmonga chiqargan shokolad shaharlarga bir nazar tashlaylik!

Bryusselda shokolad navbatlari

Eng nufuzli shokolad brendlaridan biri bo‘lgan Godiva’ning markazi bo‘lgan Bryussel shahri ko‘chalarida sayr qilsangiz, qayerda odamlar to‘plangan bo‘lsa, u joyning oxiri vafli navbatiga olib boradi. Bu yerda shokoladli vafli yemay yurishning iloji yo‘q, shuning uchun ta’til paytida dietani biroz chetga surish shart! Belgiyalik ishlab chiqaruvchilar hatto sovg‘a sotiladigan do‘konlarida shokoladli dush gelini ham sotishadi. Qanday ajoyib ijod, to‘g‘rimi?

Bundan tashqari, Jolly Turning Benilyuks va Parij sayohatlari bilan bir vaqtning o‘zida Belgiyaning ikkita shahrini ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz. Ular orasida Bryussel va ertak shahri Bryugge bor.

Shveysariyaning mashhur shokolad tog‘lari

Sifatli shokoladning yana bir mamlakati Shveysariya bo‘lib, u o‘zining tog‘larida Haydi yugurishi bilan mashhur. Toblerone brendining vatani bo‘lgan mamlakatning asosiy eksport mahsuloti, albatta, shokoladdir. Farovonlikning ilg‘or darajasini jamoat transporti tizimida, madaniy-ijtimoiy imkoniyatlarda, odamlarning kiyim-kechaklarida, ular egalik qilayotgan uylar va mashinalarda sezish mumkin bo‘lgan Shveysariyada hatto shokoladning hashamati ham sizni o‘ziga jalb qiladi.

Shokolad sevuvchilar uchun maxsus tashkil etilgan Laderach do‘konidagi degustatsiya (tatib ko‘rish) ustaxonalari va kurslarida o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas. Yilning ma’lum fasllariga xos tarzda tayyorlanadigan mevali, yong‘oqli va marmeladli qo‘l mehnati bilan yasalgan shokoladlarni albatta tatib ko‘rish tavsiya etiladi. Aytgancha, ko‘plab mehmonxonalarda sizni kutib olish maqsadida xonangizda shokolad qo‘yib qo‘yishgan bo‘lsa ajablanmang — bu yerda bu odatiy holat hisoblanadi.

Muzeylarga munosib shokoladi bilan Kyoln

Yevropadagi yana bir mashhur shokolad manzili — Germaniyaning Kyoln shahri bo‘lib, u Stollwerck brendi bilan tanilgan. Bu yerda o‘zingizni hecham begonadek his qilmaysiz.. Bu yerda shunchaki sayr qilib,  go‘zal shahar va uning shirin tatlaridan zavqlansangiz bo‘ladi.

Kyoln shahrida o‘tkazib yuborilmasligi kerak bo‘lgan eng shirin manzillardan biri bu — shubhasiz, Shokolad muzeyidir. Shokoladning tarixi va tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumot beriladigan ustaxonalari va sovg‘alik shokoladlar sotiladigan do‘koni bilan bu muzey zamonaviy dizaynga ega binoda joylashgan. Muzey ichida esa Reyn daryosi manzarasi qarshisida shirinliklardan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan yoqimli bir kafe ham bor.

Shokoladning qalbi AQSHda urmoqda

Endi yo‘nalishimizni AQSH tomon buradigan bo‘lsak, bu yerda joylashgan Hershey’s do‘konlari bizni turfa xil shokolad to‘plamlari, rang-barang drajeler, souslar, hattoki shokoladli lab bo‘yoqlari bilan o‘ziga tortadi. Brendning markazi Pensilvaniya shtatida joylashgan bo‘lib bu yerda ulkan hududni egallagan bir kompleks mavjud — unda o‘yin bog‘lari, shokolad muzeyi, hayvonot bog‘i va shokolad bilan bog‘liq har turli sovg‘alik buyumlar sotiladigan do‘konlar bor. Bu joy, shubhasiz, shokolad sevuvchilar uchun chinakam jannatdir.

Butun oilangiz  bilan bir kuningiznini bemalol o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan bu maskan yaqinida mehmonxonalar, restoranlar, spa markazlari, golf maydonlari va xaridlaringizni amalga oshirishingiz uchun turli imkoniyatlar mavjud. Agar Nyu-York safarini rejalashtirsangiz, Times Square’da joylashgan, katta yorqin lavhasi bilan ko‘zga tashlanadigan Hershey’s Shokolad Olamiga albatta kirib o‘ting — bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...