BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

Share post:

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh rollarni Ma Don Sok, Li Jin Uk va LISA ijro etadilar.

“Extraction: Taigo” urush paytida yetim qolib, yollanma jangchiga aylangan Taygo ismli yigit haqida hikoya qiladi. Muhim topshiriq davomida jinoyat tashkiloti Taygoning yaqini Liyani o‘g‘irlab ketganidan so‘ng, u o‘ta xavfli qutqaruv missiyasiga yo‘l oladi.

Ma Don Sok Taigo — urush hududlarida faqat tirik qolish uchun kurashib yashagan odam rolini ijro etadi. Li Jin Uk Taigoga qarshi turgan jinoyat tashkiloti yetakchisi Arman Chxve rolini o‘ynaydi. BLACKPINK a’zosi Lisa esa Taygoning yaqini, uning jamoasiga qo‘shilib, missiyada ishtirok etadigan Liya rolini ijro etadi. Bu rol Lisa uchun debyut hisoblanadi.

Hozircha “Extraction: Taigo” filmining aniq premyera sanasi e’lon qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bepul kinonamoyishlarga marhamat!

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar...

Hollywood tepaligida Sidni Suini bilan mojaro

Aktrisa 26-yanvar kuni kechasi Los-Anjelesdagi mashhur “Hollywood” belgisi ustiga chiqib, ko‘plab ichki kiyimlarni harflar ustiga ilib chiqqan. Bu...

“Oskar – 2026” ga nomzodi qo‘yilgan animatsion filmlar

“Oskar–2026” uchun “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga bir necha yirik va turlicha loyihalar nomzod bo‘ldi. Bu yo‘nalish har...

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi. Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga...