Benni Blanko Selena Gomezning ruhiy kasalligi haqida gapirdi

Share post:

Musiqachining yaqin do‘sti Lil Dicky va uning rafiqasi Kristin Batalauku bilan suhbat davomida Gomez bu tashxis uning hayotini qanday o‘zgartirganini aytib berdi. Shuningdek, bu jarayonda turmush o‘rtog‘ining qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligini ta’kidladi.

Gomez ushbu tashxisni “juda qiyin” deb atadi. To‘g‘ri davolanish usulini topish uchun u bir nechta shifokorni almashtirishga va to‘rt marta reabilitatsiya kursidan o‘tishga majbur bo‘lganini aytdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, avvallari u “ba’zida qo‘rquvdan, ba’zida muhabbatdan, ba’zida esa ehtirosdan” kelib chiqib harakat qilgan. Endi esa manik epizodlarni tanib olishni o‘rganganidan so‘ng o‘z holatini tezroq nazorat qila oladi.

“Qayerda ‘to‘xtash nuqtasi’ bo‘lishi mumkinligini tushunadigan va sizni qanday bo‘lsangiz shunday qabul qiladigan hamkor bo‘lsa, bu juda foydali. Shunda asta-sekin o‘zingiz bilan nima bo‘layotganini tushuna boshlaysiz”, — dedi Selena Blanko ko‘rsatgan yordam haqida gapirar ekan.

Benni Blanko ham rafiqasining manik epizodlari bo‘lishini tasdiqladi va ba’zan u bunday holatlarni eslay olmasligini aytdi. “U bilan nima sodir bo‘lganini keyinroq tushunadi, ba’zan esa qachon bo‘lganini ham eslay olmaydi. Aslida odam bunday holatda bo‘lganida bu haqda gapirish foydali emas”, — deya tushuntirdi musiqachi.

Eslatib o‘tamiz, Selena Gomez bipolyar buzilishi haqida ilk bor 2020-yilda — 2018-yildagi asabiy tushkunlikdan so‘ng ochiq gapirgan edi. O‘shandan beri u bu kasallik bilan kurashishda yordam beradigan usullar haqida ham ochiq so‘zlab keladi. Masalan, 2024-yil sentabrda Vanity Fair nashriga bergan intervyusida xonanda sovuq suv va issiqlik orqali tana haroratiga ta’sir qilish usulidan foydalanishini aytgandi.

Benni Blanko bu jarayonda muhim yordamchi bo‘lib qolayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Selena Gomez va Benny Blanco munosabatlari haqida ilk bor 2023-yil oxirida ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik xonanda birinchi bo‘lib prodyuserga muhabbat izhor qilgani ham ma’lum bo‘ldi. Juftlik 2024-yil yanvarida ilk bor birga omma oldida paydo bo‘lgan, 2024-yil 12-dekabrda esa Selena unashtirilganini e’lon qilgan edi.

Ularning to‘yi 27-sentabr kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan. Marosim kichik bo‘lishiga qaramay, unda ko‘plab mashhur mehmonlar qatnashgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Timoti Shalame opera va balet raqqoslarini haqorat qilgani uchun tanqid qilindi

“Vonka” va “Dyuna” filmlari bilan tanilgan aktyor Timoti Shalame Variety nashriga bergan intervyusida balet va opera haqida aytgan...

Britni Spirs mast holda mashina haydaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Amerikalik xonanda Britni Spir mast holda avtomobil boshqarganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda TMZ huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib xabar...

Muqaddas Xoliqova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Bayram munosabati bilan 72 nafar faol...

Selena Gomez Teylor Svift u haqida qo‘shiq kuylaganini tasdiqladi

Selena Gomez amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Teylor Svift u haqda qo‘shiq yozganini aytdi. “Dorothea” treki aynan unga bag‘ishlangani...