Ben Afflek Jennifer Lopezga bitta so‘zdan iborat kamsituvchi laqab qo‘ydi

Share post:

Jennifer Lopez yaqinda sahnada o‘zining jinsiy hayoti haqida bemalol gapirib, Ben Afflek bilan ajrashgani haqida ham yangi qo‘shiqlarida ochiqchasiga so‘z yuritdi. Ammo doimiy ravishda shaxsiy hayotini sir tutishga intiladigan aktyor aslida sobiq rafiqasining bu jasur e’tiroflari haqida nima deb o‘ylaydi?


56 yoshli Lopez, shaxsiy hayoti haqida introspektiv (ichki kechinmalarga asoslangan) qo‘shiqlari bilan tanilgan. U yaqinda ikkita yangi trek taqdim etdi, ikkalasi ham 52 yoshli Afflekga atalgan. Ular 2024-yil avgustida ikkinchi bor urinib ko‘rgan munosabatlari yakunlanganidan keyin bular ochiqchasiga tanqid sifatida qabul qilinmoqda.

Ammo Betman roli  bilan tanilgan Ben uning bu “bolalarcha” harakatlariga e’tibor beradiganlardan emas.

“Bu yoki boshqa qo‘shiqlar bilan uni tanqid qilsa nima bo‘pti? Bu bolalarcha va u bunga javob berishni istamaydi,” — dedi Daily Mail’ga ichki manba.

“U bunga e’tibor bermaydi, shuning uchun bunga xafa bo‘lib o‘tirmaydi va javob berib, bunga energiyasini bermoqchi emas.”

Afflek bularni “bolalarcha” deb hisoblasa ham sobiq rafiqasi ajrashuvdan ilhomlanib qo‘shiq yozganidan unchalik hayratlanmagan, deyiladi.

“U Jenniferni yetarlicha yaxshi taniydi. Shuning uchun bu holat bo‘lishini oldindan bilgandi,” — dedi manba.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...