Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Share post:

“O‘zbekiston”, “Hayot guli”, “Navro‘z”, “Vals”, “Sharq taronasi” va boshqa ko‘plab musiqalari bilan elga tanilgan san’atkor 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi, deb berdi Madaniyat vazirligi.
Marhum qandli diabet, jigar sirozi va buyrakda suv yig‘ilishi kasalliklari bilan og‘rigan, infarkt oqibatida vafot etgan.
Sultonali Rahmatov 1970-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan. 2006-yilda Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori bo‘lgan. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, Mudofaa vazirligi qoshidagi qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari bo‘lib ishlagan.
Bastakor “O‘zbekiston”, “Hayot guli”, “Navro‘z”, “Vals”, “Sharq taronasi” va boshqa ko‘plab musiqalari bilan elga tanilgan.
Sultonali Rahmatov ko‘p yillar davomida san’atning estrada va bastakorlik sohasida faoliyat yuritib, ushbu san’atni rivojlantirishda fidokorona xizmat qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, “O‘zbekiston doirachilari” jamoat birlashmasi raisi  Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi. U ko‘p yillar davomida...

Jennifer Lopez jamoasi Istanbuldan Toshkentga charter reysi bilan yetib keldi

Bortda xonandaning beshinchi jahon gastrol safari — Up All Night – LIVE IN 2025ning 90 nafar ishtirokchisi bor...

Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 ta multfilm

“Ruh”Multfilm bosh qahramoni musiqa maktabi o‘qituvchisi Jo Gardner bo‘lib, u bolaligidan jazz ijro etishni orzu qilardi ammo bunga...

“Formula-1” – Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan film

“Formula-1” Bred Pittning butun karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. U besh hafta ichida 545,6 million dollar...