“Avatar 3” birinchi haftada $345 million daromadga erishdi

Share post:

Jeyms Kemeronning super‑blokbasteri “Avatar: Olov va kul” kinoteatrlarda namoyish etilganidan beri tomoshabinlarni lol qoldirmoqda. Filmning global daromadi birinchi haftada allaqachon $345 million atrofida bo‘ldi. Bu natija kinosevarlar va ekspertlar tomonidan katta e’tibor bilan kuzatilmoqda.

AQSh va Kanadada film birinchi dam olish kunida $88 million yig‘ib, yuqori daromad ko‘rsatdi. Biroq, Walt Disney kompaniyasi film birinchi dam olish kunlarida kamida 90 million dollar yig‘ilishini kutgan edi. Xalqaro bozorlardan qo‘shimcha daromad esa filmning umumiy kassa ko‘rsatkichini yanada oshirdi. Shu bilan birga, bu natija 2022-yilgi “Avatar: Suv yo‘li”ning starti bilan taqqoslaganda biroz past bo‘lsa‑da, film hali oldinda kutgan yirik bayram mavsumi daromadlarini to‘plashi mumkin.

Film Pandora sayyorasidagi yangi sarguzashtlarga bag‘ishlangan bo‘lib, Jeyk Salli va Neytiri oilasining xavfsizligini himoya qilish hamda yangi tahdidlarga qarshi kurashini aks ettiradi. Syujet dramatik sahnalar va vizual effektlar bilan boyitilgan.

Film davomiyligi 3 soat 15 daqiqa uzunligida bo‘lsada, Pandora sayyorasidagi yangi sarguzashtlar muxlislarni ekran oldiga mahkam bog‘laydi

Xalqaro bozorlarda esa “Avatar 3” haqiqiy fenomen: Vetnam va boshqa Osiyo mamlakatlarida rekord daromadlarni qo‘lga kiritmoqda.

“Avatar 3” kinoteatrlar kassasida yana qancha rekordlar yangilashini vaqt ko‘rsatadi, lekin hozircha film yilning eng kutilgan va eng shov-shuvli kinolari ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ana de Armas Abu-Dabida masjidga hijobda tashrif buyurdi

Mashhur aktrisa Ana de Armas Abu-Dabiga qilgan sayohati davomida mahalliy urf-odat va diniy an’analarga hurmat bajo keltirdi. U...

Bredli Kuper model Jiji Hadidga turmush qurish taklifini berdi

G‘arb OAV xabarlariga ko‘ra, mashhur aktyor Bredli Kuper va model Jiji Hadid munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Aytilishicha,...

Bvlgari Turkiyada yangi sahifa ochmoqda: Afra Saracho‘g‘li brend elchisi etib tayinlandi

Afsonaviy italyan zargarlik uyi Bvlgari Turkiyada faoliyatining yangi bosqichini boshlab, mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘lini rasmiy brend elchisi sifatida...

Afsonaviy britaniyalik musiqachi Kris Ri 74 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Mashhur britaniyalik qo‘shiqchi, gitarachi va bastakor Kris Ri 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi rasmiy bayonot...