Apple Music 2025-yilning eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini tuzdi

Share post:

Apple Music musiqiy striming platformasi 2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi pop qo‘shiqlar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingga jami 50 ta kompozitsiya kiritildi, kuchli uchlikda esa ayollar peshqadam.

Birinchi pog‘onani Ledi Gaga o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda mega hit bo‘lgan “Abracadabra” trekida qo‘lga kiritdi. Turli platformalarda foydalanuvchilar xonanda va uning jamoasining raqs harakatlarini takrorlab ko‘rishga harakat qilishdi. Apple Musicga ko‘ra, Ledi Gaga 2025-yilda yana bir bor barcha davrlarning eng buyuk san’atkorlaridan biri ekanini isbotladi.

Ikkinchi o‘rinni Sabrina Karpenterning “Manchild” qo‘shig‘i egalladi — unda munosabatlarga tayyor bo‘lmagan, javobgarlikdan qochadigan yigit obrazi tasvirlanadi.

Uchinchi pog‘onani esa kanadalik xonanda Teyt Makreyning “2 hands” taronasi band etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...