Aktyor rafiqasining uning yangi ko‘rinishidan nafratlanayotganini aytdi.

Jorj Klunining yangi soch stili, muxlislarining hayratli reaksiyalarini keltirib chiqardi. Tomoshabinlar bu o‘zgarishni, “Oushenning o‘n bir do‘sti”ning yulduzi 16-aprel kuni Amerikalik jurnalist Jeyk Tapper bilan 2024-yil 15-aprelda “Jo Baydenni yaxshi ko‘raman lekin yangi nomzodga ehtiyojimiz bor” sarlavhali maqolasini muhokama qilayotganda sezishdi.
Suhbat siyosatga oid bo‘lsa-da, tomoshabinlarning diqqatini 63 yoshli aktyorning sochlari jalb qildi. U sochini to‘q jigarrangga bo‘yagan edi.
“Argo” filmi prodyuseri sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan aktyor uzoq vaqtdan beri sochlarini orqaga taragan va kulrang sochlari bilan muxlislar orasida “kumush tulki” deb nom olgan edi. CNN’dagi intervyusidan olingan ekran tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhur bo‘lib ketdi. Muxlislar bu qaror haqida savol berishdi va bir kishi X platformasida “Juda ko‘plab dasturlarni boshlovchisi kabi” deb yozdi.

Boshqasi esa hazil qilib: Jorj Klunining sochlarini bo‘yashdagi birinchi kunim, qaley, xalq?
Klunining munozaralarga sabab bo‘lgan soch uslubining sababi bor, u sochlarini Brodveydagi birinchi spektakli uchun bo‘yagan edi.
Aktyor 1954-yilda chiqqan “Yaxshi kechalar, yaxshi omad” filmida amerikalik nashriyotchi Edvard R. Marrou rolini ijro etgan.
Har qanday holatda ham, Kluni yangi ko‘rinishidan mamnun. Tapperga u:
“Sochlarim g‘alati. Lekin yaxshi xabar shuki, Nyu-York ko‘chalarida yura olaman va hech kim meni tanimaydi. Bu juda ham ajoyib” degan edi.
Rafiqasining reaksiyasi haqida gapirarkan, Kluni Amal Kluni bu ko‘rinishdan nafratlanayotganini aytgan.
“Men sochimni bu ko‘rinishga ko‘p keltiraman va bu soch o‘zimga ham yoqmaydi.
Ayolim esa nafratlanadi. U “senga umuman yarashmaydi deydi.”
Suhbat chog‘ida “umr bo‘yi demokrat” bo‘lgan Kluni prezident Jo Baydenning prezidentlik saylovidagi nomzodini qaytarib olishi kerakligi haqida yozgan o‘tgan yilgi maqolasini muhokama qilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida radio boshlovchisi sifatida tanilgan amerikalik jurnalist va urush muxbiri obrazini muhokama qilib, aktyor Marrouning haqiqatga sodiqligini va jurnalistikada demokratiyani himoya qilishdagi rolini ta’kidladi.
“Agar qarshilikni xiyonat bilan aralashtirmang. Qanday siyosiy qarashda bo‘lganingizning ahamiyati yo‘q. Ayblovlar dalilsizdir va hukm qilish dalil va huquqiy jarayonlarga asoslangan bo‘lishi kerak, shuni har doim yodda tutishimiz kerak va bir-birimizdan qo‘rqib yasholmaymiz.”
“Qo‘rquv bilan mantiqsiz bir davrga qarab ketyapmiz deb hisoblayman, bu bizning eng yaxshi holatimizda kim ekanligimizni ko‘rsatuvchi ajoyib kuchli so‘zlar” deydi u.